Olcha daraxti bilan oramizdagi masofa

Olcha daraxti bilan oramizdagi masofa (inglizcha: „The distance between me and cherry tree“) — italiyalik yozuvchi Paola Peretti tomonidan yozilgan asar. Kitob 20 dan ortiq tillarga tarjima qilingan[1].

Olcha daraxti bilan oramizdagi masofa
Asl nomi The distance between me and cherry tree
Muallif(lar) Paola Peretti
Tarjimon(lar) Dilnoza Tojidinnova
Mamlakat Italiya
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 2018-yil
Sahifalar soni 192
ISBN 978-9943-8253-1-4

Syujeti

tahrir

Toʻqqiz yoshli Mafalda ismli qizaloq ota-onasi bilan baxtli hayot kechirayotgan bir paytda, kutilmaganda, „Stargardt“ kasalligi bilan xastalanadi. Bu kasallik koʻz nurining pasayishi bilan bogʻliq. Mafaldaga butun atrofini xuddi, qora bulut qoplagadek tuyiladi. Shifokor huzuriga borgach, 6 oydan soʻng koʻrish qobliyatini tamoman yoʻqotishi haqida baxtsiz xabarni eshitadi. U qolgan hayotini butunlay qorongʻulikda oʻtkazishini oʻylab, qoʻrquvga tushadi. Mafalda maktabdagi eng yaqin doʻsti, Estellaning taklifi bilan „Amalga oshirishni xohlagan maqsadlarim“ nomli kundalik daftariga „Eng yoqtirgan narsalarim roʻyxati“ degan yangi toʻplam ham qoʻshishga qaror qiladi. Mafaldaning eng sevgan ishi maktabidagi olcha daraxtiga tirmashib chiqish edi. 6 oydan soʻng, butunlay koʻrolmasligini va boshqa olcha daraxtiga xuddi, hozirgidek tirmashib chiqa olmasligini oʻylab, olcha daraxtining ostida yashashni rejalashtiradi. Chunki, Mafalda yaqinda vafot etgan buvisining ruhi shu daraxtda yashashiga ishonardi. Daraxtda yashash uchun barcha kerakli narsalarini hozirlaydi. Borgan sari uning koʻrish qobliyati pasayadi. Mafaldaning oilasi shifokor bilan suhbatlashib, qizlari uchun sokin muhitli bir yer topishga qaror qilishadi va koʻchish uchun tayyorgarlik koʻrishadi. Mafalda bundan xabar topgach, uydan qochishni istaydi. Olcha daraxtining yoniga boradi va dadasi uni topib, uyiga olib boradi[2].

Asar kichik yoshda boʻlishiga qaramay, kuchli boʻlgan qiz hayoti haqida hikoya qiladi. Kitobning bizga beradigan asosiy xulosasi shundan iboratki, biz har qanday vaziyatda oilamiz beradigan koʻmakka muhtojmiz. Ularning bizga koʻrsatadigan yordami orqali biz oʻzimizni yanada baxtli va erkin his qilamiz. Shuning uchun ham asar soʻngida Mafalda yana oilasining yoniga qaytadi. Muallif asarni mashhur bir iqtibos bilan yakunlagan: „Barcha bolalar qorongʻulikdan qoʻrqadi“. Darhaqiqat, ota-onalar farzandlarini qorongʻulikdan yorugʻlikka olib chiqa oladigan insonlardir[3].

Qahramonlar

tahrir

Mafalda — koʻrish qobliyatini yoʻqotgan qiz (bosh qahramon)

Filippo — Mafaldaning sevgilisi

Estella — Mafaldaning eng yaqin doʻsti

Shifokor Olga — Mafaldaning shifokori

Ottimo Turcaret — Mafaldaning mushugi

Manbalar

tahrir
  1. „Kiraz Ağacı ile Aramızdaki Mesafe: 20'den Fazla Ülkeyle Aynı Anda“. amazon.com.tr. 2024-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  2. „Kiraz Ağacı İle Aramızdaki Mesafe“. senveben.biz.tr. 2022-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.
  3. „Kiraz Ağacı İle Aramızdaki Mesafe - Kitap Özeti Oku, Konusu, Karakterleri Ve Sayfa Sayısı“. milliyet.com.tr. 2024-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-iyul.