Oleg Krasilnikov
Krasilnikov Oleg Vladimirovich (1950-yilning 14-sentabrida Qirgʻiziston SSRning Sulyukta shahrida tugʻilgan — 2011-yilning 30-avgustida Braziliyaning Recifi shahrida vafot etgan) — sovet va oʻzbek professori, biofizigi. Uzoq vaqt Braziliyada yashab, faoliyat yuritgan.
Biografiyasi
tahrirOleg Krasilnikov 1950-yil 14-sentabrda Qirgʻiziston SSRning Sulyukta shahrida ishchi oilasida dunyoga kelgan.
Otasi – Krasilnikov Vladimir Sergeyevich – kon muhandisi, Qirgʻiziston koʻmir konlarida (Sulukta va Toshkoʻmir shaharlarida) ishlagan.
Onasi – Krasilnikova Yekaterina Yakovlevna – iqtisodchi boʻlgan. Olegning ota-onasi Markaziy Osiyoga kelib qolgan rossiyalik muhojir oilalardan boʻlgan.
Oleg Krasilnikov 1957—1967-yillarda Sulyukta shahridagi oʻrta maktabni imtiyozli diplom (kumush medal) bilan tugatgan.
Toshkent Davlat universiteti (ToshDU) — hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti (SSSR, OʻzSSR)ning biologiya va tuproqshunoslik fakultetiga oʻqishga kirgan.
1973-yilda universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagach, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Biokimyo institutining Biofizika boʻlimida oʻqishini davom ettirgan. Bu yerda Krasilnikov membrana-faol toksinlarning ion kanallarini hosil qilish qobiliyatini tadqiq qilgan[1][2] va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[3].
Keyinchalik, turli bakterial toksinlarning teshik hosil qiluvchi xususiyatlarini oʻrganish natijalariga asoslanib, Krasilnikov va uning hamkasblari 1989-yilda monografiya yozishgan[4].
Doktorlik dissertatsiyasini[5] 1989-yil 28-oktabrda Moskva davlat universiteti (МGU)da himoya qilgan. 1989-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fiziologiya va biofizika institutida molekulyar fiziologiya laboratoriyasiga rahbarlik qilgan. 1993-yil 28-oktabrda unga Professor ilmiy unvoni berilgan.
1993-yilda hamkorlik kelishuviga koʻra Krasilnikov xizmat safari bilan Braziliyaning Pernambuko shtati poytaxti – Resifi shahridagi Federal Universitetning (UFPE) biofizika va radiobiologiya boʻlimiga yuborilgan.
1999-yilda professor sifatida Membran biofizikasi (LBM) laboratoriyasini boshqargan va ushu laboratoriyada 2011-yilgacha faoliyat koʻrsatgan.
Portugal tilini puxta egallagan Krasilnikov universitetning bakalavriat va magistratura yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarga ma’ruzalar oʻqiy boshlagan. 2002-yildan Resifi Federal Universitetida (UFPE) biofizikadan muntazam dars berib kelgan.
2011-yilda unga mazkur universitetning professori unvoni berilgan. Shuningdek olim Braziliya va AQSh biofizika jamiyatlari a’zosi ham hisoblangan.
Biofizik Oleg Krasilnikov 10 nafar fan nomzodi (PhD), 1 nafar fan doktori, 26 nafar biofizika magistrantlarini tayyorlagan. Oʻzbekiston va Braziliyadagi nufuzli nashrlarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Qolaversa uning bitta monografiya, 2 ta ixtiro patenti va biofizika boʻyicha oʻnlab tezislari mavjud.
Oleg Krasilnikov 2011-yilda Braziliyaning Resifi shahrida vafot etgan. U Vladikinskiy qabristoni (Moskvaning shimoliy-sharqiy ma’muriy okrugida joylashgan)ga dafn qilingan.
Ilmiy faoliyati
tahrirKrasilnikov Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Biokimyo institutini tamomlagandan soʻng oltin stafilokokklar (Staphylococcus aureus) tomonidan sintez qilingan zaharli oqsil a-gemolizinning sunʼiy ikki qavatli lipid membranalariga taʼsirini oʻrganishga kirishgan.
A- stafilotoksin ikki qavatli qatlamlarga osonlik bilan birlashadi va ion kanallarini hosil qiladi[[6][7][8][9][10]. Bu ish Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fiziologiya va biofizika institutida davom ettirilgan. Izlanishlar doirasida kanal hosil qiluvchi moddalar sezilarli darajada kengaytirilgan va qora oʻrgimchak va asal ari zaharlari (Vibrio cholerae), sereus (Bacillus cereus), pastorella (Pasteurella multocida) kabi patogen bakteriyalarning toksik oqsillari, shigella (Shigella dysenteriae)) va boshqa shu kabi tadqiqotlar O.V.Krasilnikov va uning hamkasblari[11] ishlarida oʻrganib chiqilgan. A-stafilotoxin kanali strukturasi modeli boshqa mualliflar tomonidan kristalli a-stafilotoksinning rentgen difraksion tahlili bilan tasdiqlangan[12].
Olim shuningdek, Toshkentdagi bir guruh yosh olimlar bilan sun’iy ikki qatlamli ion kanallari diametrini polimerik zondlash usulini ishlab chiqgan (nonelectrolyte exclusion method)[13][14] va bu biofizik tadqiqotlar amaliyotida keng qoʻllanilmoqda[15][16][17][18][19][20]. A-stafilotoksin (a-gemolizin) kanali orqali nafaqat ionlar, balki yirik polietilen glikol molekulalari ham oʻtishi koʻrsatilgan, uning diametridan kanal diametrini empirik baholash uchun foydalanish mumkin.
Kanal diametrini baholash uchun elektr oʻtkazuvchanligi, membranani yuvadigan eritmalar va polietilen glikol (PEG) yoki boshqa noelektrolitlarsiz va mavjud boʻlgan kanalning oʻtkazuvchanlik koʻrsatkichlaridan foydalanilgan. Empirik tarzda, PEG yoki boshqa molekulalar bilan kanalning toʻldirilish tezligini topish uchun formula olingan. Braziliyada olib borilgan St. Aureus, E.Coli, V.Cholerae, B.Anthracis[21] va boshqa tadqiqotlarda stafilokokk a-toksinini oʻrganish, uning polimer molekulalarini (polietilen glikollar va boshqalar) oʻtkazishga alohida e’tibor qaratilgan. Yaponiyalik elektrofiziologlar bilan hamkorlikda CFTR[22] kanalini oʻrganish uchun polimer probing usulidan foydalanilgan.
Ikki qavatli membranaga oʻrnatilgan oqsil kanalining ikkita chiqishidan turli xil PEGlarni ishlatish imkoniyati uning suv gʻovaklarining diametri va geometriyasini baholash uchun koʻrsatilgan. Membrana uchun foydalaniladigan eritmalarda yuqori tuz konsentrasiyalari (4 M KCl va boshqalar) yordamida kanal sezgirligini (rezolyutsiyani) koʻpaytirish usuli taklif qilingan[23]. Shu sababli, lipid ikki qatlamlarida a-stafilotoksin tomonidan hosil boʻlgan yagona nanoporlar polimer molekulalari uchun massa spektrometrlari kabi xizmat qilishi mumkin[24]. Rezolyutsiya 40 Da ga yetadi, keyinchalik bu Oxford Nanopore Technologies tomonidan nanopora DNK sekvensiyasi uchun asos sifatida qabul qilingan.
Braziliyadagi laboratoriya hozirda uning nomi bilan ataladi[25].
Manbalar
tahrir- ↑ Influence of the direct hemolytic factor of snake venom on the permeability of bimolecular phospholipid membranes. J. Chemistry of Natural Compounds. Uzbekistan, 1974 — 719—720-bet.
- ↑ Selectivity of the membrane action of a cytotoxin from the venom of the Central Asian cobra. J. Chemistry of Natural Compounds. Uzbekistan, 1980 — 583—586-bet.
- ↑ Красильников О. В. Влияние цитотоксина и фосфолипазы яда центрально-азиатской кобры на искусственные и природные мембраны. — 1977. — Ташкент: Ин-т биохимии АН УзССР. — 20 c. — Автореф. дис. канд. биологических наук: 03.00.02.
- ↑ Белки, ионные каналы и регуляция транспорта ионов через мембраны. Фан, 1991. -ISBN 5-648-01310-8
- ↑ Красильников, Олег Владимирович. Белковые каналы в липидном бислое. Автореф. дис. Докт. Биол. наук: 03.00.02. МГУ, Москва, —1989. — 30 с.
- ↑ Krasil’nikov O.V.; Ternovsky, V.I.; Musaev, Y.M.; Tashmukhamedov, B.A. Staphylotoxin action on conductivity of phospholipids membrane bilayers. //Doklady Akademii Nauk UzSSR, Uzbekistan, — 1980.— v. 7, — P.66—68.
- ↑ Krasil’nikov O.V.; Ternovsky, VI.; Tashmukhamedov, BA. Properties of conductivity channels induced in phospholipid bilayer membanes by alpha-staphylotoxin. //Biofizika (Moscow), — 1981.—V. 26, — N.2, —P. 271—276.
- ↑ Кrasil’nikov O.V.; Ternovsky, VI.; Sabirov, RZ.; Zaripova, RK.; Tashmukhamedov, BA. Cation-anion selectivity of staphylotoxin (staphylococcal) channels in the lipid bilayer. //Biofizika (Moskva). — 1986. — V. 31, — N4, — P.606—610.
- ↑ Krasilnikov O.V.; Sabirov, RZ. Ion transport through channels formed in lipid bilayers by Staphylococcus aureus alpha-toxin. //General Physiology and Biophysics. Slovenia, — 1989. —V. 8, —N.3, —P. 213—222.
- ↑ Krasilnikov, O.V.; Merzlyak, PG. Cholesterol influence on the functioning of staphylotoxin channels. //Biophysics (Oxford), — 1989. —V. 34, —N.5, —P. 906—908.
- ↑ Krasilnikov O.V.; Sabirov, R.Z.; Ternovsky, VI.; Merzlyak, PG.; Tashmukhamedov, BA. The structure of Staphylococcus aureus alfa-toxin induced ionic channel. //General Physiology and Biophysics, Slovenia. —1988. —V.7, —N.5, —P.467—473
- ↑ L. Song, MR. Hobaugh, C.Shustak, S.Cheley, H.Bayley, JE. Gouaux. Structure of Staphylococcal α-Hemolysin, a Heptameric Transmembrane Pore//Science, —1996. —V.274, —N.5294, —P.1859 —1865
- ↑ Krasilnikov OV., Sabirov RZ., VI. Ternovsky, PG. Merzliak, Muratkhodjaev JN. A simple method for the determination of the pore radius of ion channels in planar lipid bilayer membranes. //FEMS Microbiology —1992.—N.105, — р.93—100
- ↑ Sabirov, R.Z; Krasilnikov, O.V; Ternovsky, Relation between ionic channel conductance and conductivity of media containing different nonelectrolytes. A novel method of pore size determination. //General Physiology and Biophysics, Eslovaquia, —1993. —V. 12 —N. 2, —P. 95—111
- ↑ Krasilnikov O.V. Sizing channels with neutral polymers. In book: Structure and Dynamics of Confined Polymers. Edit. JJ. Kasianowicz et al., —NATO Science Series, High Tech., —2002. —V.87, — P.97—117
- ↑ Nablo B.J., Halverson K.M., Robertson J.W.F., et al. Sizing the Bacillus Anthracis PA63 Channel with Nonelectrolyte Poly (Ethylene Glycols)//Biophys Journal. —2008 — V.95 (3) — P.1157—1164
- ↑ Ternovsky V.I., Grigoriev P.A., Berestovsky G.N., et al. Effective diameters of ion channels formed by homologs of the antibiotic chryso-spermin//Membrane Cell Biology. —1997. — V.11 (4) — P.497—505
- ↑ Sukhorukov, D., Imesa, M.W., Woellhaf V.L, et al. Pore size of swelling-activated channels for organic osmolytes in Jurkat lymphocytes, probed by differential polymer exclusion. //Biochimica et Biophysica Acta — 2009. — V.1788, — P.1841—1850. Doi:10.1016/j.bbamem.2009.06.016
- ↑ Ternovsky VI., Okada Y., Sabirov RZ. Sizing the pore of the volume-sensitive anion channel by differential polymer partitioning//FEBS Letters. — 2004 — V.576, — P.433—436. Doi:10.1016/j.febslet.2004.09.051
- ↑ Krasilnikov O.V.; Bezrukov S.M. Polymer Partitioning from Nonideal Solutions into Protein Voids. //Macromolecules, USA, — 2004. — V.37, N.7, — P. 2650—2657. Doi: 10.1073/pnas.0611085104
- ↑ Electronic Detection of Biomolecules. 2008 Device Research Conference, 2008-06-01 — 247–250-bet. DOI:10.1109/DRC.2008.4800824.
- ↑ Krasilnikov O.V., Sabirov R.Z., Okada Y. ATP hydrolysis-dependent asymmetry of the conformation of CFTR channel pore. //The Journal of Physiological Sciences. — 2011. — V.61 (4) — P.267— 278. Doi: 10.1007/s12576-011-0144-0
- ↑ Rodrigues C.G.; Machado D.C.; Chevtchenko S.F.; Krasilnikov O.V. Mechanism of KCl enhancement in detection of nonionic polymers by nanopore sensors. //Biophysical journal. —— 2008. — V.5 (11).—P.5186—5192. DOI: http://dx.doi.org/10.1529/biophysj.108.140814
- ↑ Robertson, J.W.F.; Rodrigues, C.G.; Stanford, et al. Single-molecule mass spectrometry in solution using a solitary nanopore. //PNAS (Proceedings of the National Academy of Sciences of the United States of America), — 2007. — V.104, — P. 8207—8211. Doi: 10.1073/pnas.0611085104
- ↑ „Архивированная копия“ (deadlink). 21-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2017-yil.
Havolalar
tahrir- Памяти профессора
- Список статей
- Single molecule mass or size spectrometry in solution using a solitary nanopore.The National Institute Of Standards And Technology patents
- https://web.archive.org/web/20170107100438/https://www.ufpe.br/biofisica/index.php?option=com_content&view=article&id=458:artigo-do-laboratorio-de-biofisica-das-membranas-e-celulas-tronco-oleg-krasilnikov-e-capa-da-revista-qquimica-novaq-novo&catid=30:avisos
- http://recife2011.livejournal.com/
- «Памяти Олега Владимировича Красильникова», Узбекский биологический журнал, N.1, стр.54-55, 2012.