Olga Zvereva

rossiyalik voleybolchi, hujumchi (wing spiker talaffuzi: ving spayker)

Olga Fyodorovna Zvereva (2000-yil 5-mart, Fargʻona, Oʻzbekiston) — rossiyalik voleybolchi, hujumchi (wing spiker talaffuzi: ving spayker). Hozirda Kuban davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universiteti talabasi[1].

Olga Fyodorovna Zvereva
ruscha: Ольга Фёдоровна Зверева
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 5-mart 2000-yil (2000-03-05) (24 yosh)
Fargʻona, Oʻzbekiston
Boʻyi 184 sm
Vazni 74 kg
Sport
Qaysi sport Voleybol
Klubi Uralochka-NTMK
Faol tomoni hujumchi
Medallar

Klublarda:
2018-yilgi Rossiya yoshlar ligasi Kubogi musobaqasida bronza medali sohibi;
2020-yilgi Rossiya Kubogi musobaqasida bronza medali sohibi.

Terma jamoada:
2017-yilgi Yevropa yoshlar olimpiya festivalida bronza medali sohibi;
2017-yilgi qizlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi;
2017-yilgi qizlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida bronza medali sohibi;
2018-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida kumush medali sohibi;
2019-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida bronza medali sohibi.

Tarjimayi holi tahrir

Olga Zvereva 2000-yil 5-mart kuni Oʻzbekiston respublikasi Fargʻona shahrida tavallud topgan[1][2]. 11 yoshida oilasi bilan birga Tambov viloyati, Michurinsk shahriga koʻchib oʻtadi. Bu yerda Zvereva shahardagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabida Y.N. Protasova murabbiyligi ostida voleybol bilan shugʻullana boshlagan[1][3][4]. 3 yil oʻtib, Krasnodarga taklif etiladi va 2015-yildan ushbu shaharning „Dinamo“ voleybol klubida Rossiya chempionati Yoshlar ligasida oʻynay boshlaydi. 2017-yil 17-fevral kuni Superligada „Dinamo“ klubining „Yenisey“ voleybol klubiga qarshi oʻyini ilk professional faoliyatini boshlaydi, 10 raqam ostida oʻyinda ishtirok etib, jamoasiga 4 ochko olib berishi natijasida klub 3:0 hisobida gʻoliblikka erishadi[1].

2019-yildan „Dinamo“ voleybol klubining asosiy tarkibidan joy olgan[2].

2023-yilda „Uralochka-NTMK“ voleybol klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Rossiya milliy terma jamoasida Zvereva 7 raqami ostida harakat qiladi[5]. 2015-yilda Rossiya spartakiadasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[4]. 2017-yilda Zvereva Rossiya oʻsmirlar terma jamoasida oʻynaydi, jamoa bilan Yevropa chempionati gʻolib boʻladi, yana qizlar oʻrtasidagi Jahon chempionati va Yevropa yoshlar olimpiya festivalida bronza medali sovrindori (shuningdek, festivalda „Eng yaxshi toʻp oshiruvchi“ mukofotini ham qoʻlga kiritgan[6]) boʻlgan. 2018-yilda Rossiya yoshlar terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida kumush medalni, 2019-yilda Jahon chempionatida esa bronza medalini qoʻlga kiritgan[1][2].

Klubdagi faoliyati tahrir

Yutuqlari tahrir

Klublarda tahrir

  • 2018-yilgi Rossiya yoshlar ligasi Kubogi musobaqasida bronza medali sohibi;
  • 2020-yilgi Rossiya Kubogi musobaqasida bronza medali sohibi.

Terma jamoada tahrir

  • 2017-yilgi Yevropa yoshlar olimpiya festivalida bronza medali sohibi;
  • 2017-yilgi qizlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi;
  • 2017-yilgi qizlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida bronza medali sohibi;
  • 2018-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida kumush medali sohibi;
  • 2019-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida bronza medali sohibi[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Olga Zvereva“ (rus tilida). 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Zvereva, Olga Fyodorovna“ (rus tilida) (2021-yil 7-fevral). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  3. „Vospitannitsa michurinskoy shkoli voleybola stala chempionkoy Yevropi“ (rus tilida) (2017-yil 11-iyul). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  4. 4,0 4,1 „Znakomtes, Olga Zvereva – novichok «Uralochki»“ (rus tilida). 2023-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  5. „Olga Zvereva“ (ingliz tilida). 2023-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  6. „Olga Zvereva“ (rus tilida). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.