Oligofren bolalar
Oligofreniya yunoncha "oligos" — kam, oz; "fren" — aql, so'zlaridan olingan boʻlib, esi past, aqli past demakdir. Oligofren bolalar markaziy nerv sistemasining organik kasalliklari natijasida bilish faoliyati pasayib ketishi va bu nuqsonlar umrbod saqlanib qolish bilan boshqa anomal bolalardan farq qiladilar.
Amaliyotda ’’aqlan zaif', ’’oligofren", ’’demensiya” degan atamalar ko`p ishlatiladi. "Aqlan zaiflik" — bu yigʻma tushuncha boʻlib, aqliy jihatdan qoloqlikning sodir bo`lgan vaqti, boshidan kechirilgan kasallikning harakteri, patologik oʻzgarishlaming oʻtishi, darajasi bilan bog'liq boʻlgan masalalarni koʻzda tutadi.
Aqliy qoloqlikni belgilashda klinik, psixologik va pedagogik mezonlarni tafovut qilmoq kerak. Klinik mezon — aqliy qoloqlik va bu markaziy nerv sistemasining qanday organik kasalliklariga aloqadorligini, psixologik mezon-bilish faoliyatining turg'un buzilganligini; pedagogik mezon — o`zlashtirish qobiliyati past bo'lib, bolaning dastur materiallarini o`zlashtira olmasligini ifodalaydi.
Oligofreniya bola markaziy nerv sistemasining ona qornidaligi davrida, tug'ilish vaqtida va tug`ilgandan, to 3 yoshgacha bo`lgan davr ichida shikastlanishi, kasallanishi natijasida kelib chiqadi. Agarda, turli sabablarga koʻra, aqlan zaiflik bolaning 3 yoshidan keyingi davrida paydo boʻlsa, buni endi orttirilgan aqliy zaiflik - demensiya deb yuritiladi. Demensiya progressiv, ya’ni tabiatan kuchayib boradigan boʻladi. Oligofreniyada esa nuqsonning kuchayib borishi kuzatilmaydi.<blocquote>
Kelib chiqish sabablariga koʻra oligofreniya tug'ma hamda orttirilgan bo`lishi mumkin.
- Rezus faktoming toʻgri kelmasligi, xromosoma kasalliklari, fenilketonuriya va shu kabilar tug'ma oligofreniyaga olib kelishi mumkin.
- Onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar — ogʻir virusli gripp, tif, qizilcha bilan kasallanishi, ona organizmidagi turli parazitlaming homilaga yuqishi, xomilaning shikastlanishi, ota-onalarning alkogolizmi, ham oligofreniyaga sabab bo'lishi mumkin.
- Tugʻruq vaqtida bolaning ombur yoki vakuum ekstraktor bilan olinishi, bola boshining siqilishi, bolaning tug`ilish yo`lidan uzoq oʻtishi, cho'zilib ketgan yoki, aksincha, haddan tashqari tez oʻtgan tugʻruq natijasida ham markaziy nerv sistemasi shikastlanib, oligofreniya paydo bo`lishi mumkin.
- Oligofreniya bola uch yoshgacha boʻlgan davr ichida turli xil ogʻir kasalliklar bilan kasallanishi (meningit, meningoensefalit, markaziy nerv sistemasining shikastlanishi) natijasida ham vujudga keladi.
Oligofreniyaning darajalari
tahrirAqliy (intellektual) rivojlanishiga koʻra oligofreniya uch darajada namoyon bo`ladi: 1) debillik; 2) imbetsillik; 3) idiotiya.
Debillik — aql pastlik oligofreniyaning eng yengil darajasi bo"lib, bunday bolalami tashqi koʻrinishiga qarab sog'lom tengdoshlaridan ajratib bo`lmaydi. Ular ko`pincha o`qishni ommaviy maktabning birinchi sinfidan boshlaydilar-u, lekin qisqa muddat ichida ulgurmovchi oʻquvchilar orasiga qo'shilib qoladilar. Umuman, zehn va fahm-farosatga bog`liq ishlarda debil bolalar ancha qiynaladi, biroq ular yordamchi maktabga o`tib, dasturini o ʻzlashtirib chiqishsa, sanoat va hamda qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishida, maishiy hizmat sohasida oddiy turdagi mehnat bilan shugʻullana oladi. Tarbiyachi va o`qituvchilar debil bolalarni boshqa bolalardan ajratib olib, ularning maxsus bog'cha va maktablarda tarbiyalanishi va ta’lim olishini ta’minlashlari yoki integratsiyalashgan ta’limga jalb etishlari lozim.
Imbetsil va idiot bolalar xattoki yordamchi maktab dasturi boʻyicha ham ta’lim olish qurbiga qodir emaslar. Ular ijtimoiy ta’minot vazirligi rivojlanishida kamroq orqada qolgan imbetsil bolalar, afsuski, yordamchi maktablarda goho uchrab turishadi. Ular yordamchi maktab dasturini o'zlashtira olmaydilar. Idiot bolalar hattoki oʻz ota-onalarini ham tanimaydi. Ular o`zini-oʻzi uddalay olmaydi. O`ziga-o'zi xizmat ham qila olmaydi. Imbetsil bolalar idiot bolalarga qaraganda nisbatan tuzukroq rivojlangan bo'lsa ham, mustaqil hayot kechirolmaydi. Mexnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qoshidagi muassasalarda ularga sodda bilimlar, mehnatning ayrim sodda turlari (o`z-oʻziga xizmat qilish, ekinlarni parvarish etish, kartondan qutichalar yasash va hokazolar oʻrgatiladi.
Oligofreniyaning uchala darajasida ham tarbiyachi va oʻqituvchilar oligofren oʻquvchilami sog`lom tengdoshlari hamda o'xshash tarzdagi boshqa kamchiliklari bor bolalardan ajrata olishlari lozim. Lekin oligofreniyaning eng yengil darajasini — debillikni boshqa o`xshash anomaliyalardan va sog`lom bolalardan ajratib olish amalda ancha qiyin bo`ladi.
Debil bolalarning rivojlanishi xususiyatlari
tahrirDebil bolalar o`z sog`lom tengdoshlaridan yoshligidanoq farq qiladi. Ularda, odatda, ixtiyoriy shakldagi murakkab harakatlar uncha rivojlanmagan boʻladi. Ular boshini tutish, o`tirish, yurishga kechroq oʻrganadi, nutqi kechikib rivojlanadi. Debil bolalar atrofdagilarning sodda nutqini tushunadi-yu, lekin murakkab soʻz va gaplarni, iboralarni fahmlay olmaydilar. Debil bola nutqida qoʻpol, uni tushunib boʻlmaydigan nuqsonlar kuzatilmasa ham, ko`p tovushlar noto'gʻri talaffuz etiladi, bunday bola lug'ati kambagʻal, chegaralangan bo'ladi. Debil bolalar o`yin faoliyatida ham tengdoshlaridan ajralib turadi. Ular oʻyin vaziyatini yetarli darajada tushunmaydi, oʻyin vaqtida sog`lom tengdoshlariga to`liq bo'ysunib, ikkinchi darajali rollarni bajaradi, xolos.
Debil bolalar uchun bir qator fahm-farosat yetishmasligi harakterlidir. Ulaming kuzatish, taqqoslash, idrok qilayotgan narsalaming , voqea va hodisalarning muhim tomonlarini ajratib koʻrsatish, bular o ʻrtasidagi eng oddiy sabab-natija bog`lanishlarini fahmlab olish qobiliyatlari rivojlanmay qoladi. Debil bolalning tafakkuri, diqqati, sezgi va idroklari, xotirasi, analiz va sintez qilish qobiliyatlari ham yaxshi rivojlanmagan boʻladi.
Oligofren bolalar ta’lim-tarbiyasi
tahrirOligofren bolalar vaziyatni yetarli darajada anglay olmaydilar, hatti harakatlarni vaziyatga qarab, adekvat o'zgartira olmaydilar. Ularda o ʻz-o`ziga va atrofdagilarga nisbatan tanqidiy munosabat birmuncha sust bo`ladi. Yuqorida koʻrsatilgan bir qator kamchiliklarga qaramay, oligofren bolalar bilan toʻgri tashkil etilgan maxsus ta’lim-tarbiya ishlari natijasida defektologlar ularni mustaqil hayotga tayyorlash, kasb-hunarga o ʻrgatish borasida katta yutuqlarga erishmoqdalar. Maxsus yordamchi mehnat maktablarida ta’lim-tarbiya olib chiqqan debil bolalar hayotda o'z oʻrnini topib, sanoat hamda qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishning turli sohalarida, maishiy hizmat sohasida faol mehnat qilib yashamoqdalar.Tarbiyachi va oʻqituvchilaming muhim vazifasi oligofren bolalarni boshqa anomal bolalardan ajratib, ularni iloji boricha ertaroq tegishli muassasalarda ta’limtarbiya olishlarini ta’minlab berishdir.
Manbalar
tahrir- Признаки олигофрении у детей[1]
- Причины и классификация олигофрении[2]
- Олигофрения у детей[3]
- Дети Олигофрены[4]
- УМСТВЕННАЯ ОТСТАЛОСТЬ: СТАДИИ (СТЕПЕНИ), СИМПТОМЫ И ДРУГИЕ СВЕДЕНИЯ[5]
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ https://zen.yandex.ru/media/id/5e5e195e23f6716bacbc570a/priznaki-oligofrenii-u-detei-rasskazyvaet-detskii-psihiatr-5f87d84adc9ac8787cb8b91a
- ↑ https://www.krasotaimedicina.ru/diseases/psychiatric/oligophrenia
- ↑ https://neapl.ru/diseases/psikhonevrologiya/oligofreniya/[sayt ishlamaydi]
- ↑ http://do.rsmu.ru/fileadmin/user_upload/psf/Materialy_k_lekcii_SPiKRO_07.05.20_distant.pdf[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://arbat25.ru/myi-lechim/detskie-napravleniya/umstvennaya-otstalost-stadii-stepeni-simptomyi-i-drugie-svedeniya