Aminov Olim Moʻminovich (1906, Qoʻqon — 1981.22.10, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1968), iqtisod fanlari direktori (1955), professor (1959), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). 1930-yilda Samarqanddagi Oʻzbekiston pedagogika akademiyasini tugatgan. Qoʻqondagi davlat paxtachilik institutining tashkilotchisi va direktori (1931 — 34), Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutida (1934 — 39), 1939 — 66 yilarda Toshkent toʻqimachilik, xalq xoʻjaligi institutlarida oʻqituvchi, kafedra mudiri, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Iqtisod instituti direktori (1945 — 48), Toshkent Davlat Universiteti huzuridagi Ijtimoiy fanlar oʻqituvchilari malakasini oshirish institutining direktori (1966 — 69), key-inchalik Toshkent xalq xoʻjaligi institutida kafedra mudiri boʻlgan. Asosiy ilmiy ishlari, Oʻrta Osiyo va Oʻzbekistonning xalq xoʻjaligi tarixi, ularning boshqa hududlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari masalalariga bagʻishlangan.