Olim Sharafiddinov
Olim Sharafiddinov (taxallusi Ayn) (1903, Toshkent — 1943, Belarus SSR) — adabiyotshunos. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ning muxbir aʼzosi (1943), Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi (1941—43; urushda halok boʻlgan). Eski maktabda arab, fors tillarini, mumtoz adabiyotni oʻrgangan. Toshkentdagi Erlar bilim yurtida oʻqigan (191820), Boku oliy pedagogika intinitugatgan (1925). Turk olami tarixi, falsafasi, adabiyotini, shuningdek, xorijiy va antik adabiyotni chuqur oʻzlashtirgan. Bokudan qaytgach, Erlar bilim yurtida, xotinqizlar pedagogika bilim yurtida, Taʼlimtarbiya texnikumida, yozgi oʻqituvchilar tayyorlash kurslarida (1925 — 30) adabiyotdan dare bergan. Samarqanddagi Oʻzbekiston pedagogika akademiyasi (1930—32), Toshkentdagi madaniy qurilish (1932—33), Til va adabiyot (1937) intlarida, Navoiy yubileyini oʻtkazish qoʻmitasida (1938—41) ilmiy xodim, sektor mudiri, Oʻrta Osiyo untida (1933 — 35), Toshkent pedagogika intida (1935—38) dotsent, kafedra mudiri. shahrining adabiy tanqid sohasidagi, xususan, Choʻlpon va Abdulla Qodiriy ijodlariga bagʻishlangan dastlabki maqolalari 20-asrning 20y.larida eʼlon qilingan. U, shuningdek, Hamza, S.Ayniy, Uygʻun, A.Lohutiy va boshqa ijodi haqida ham bir qancha maqolalar yozgan, oʻrta maktablarning 5, 6, 7, 9sinflari uchun adabiyotdan darelik, xrestomatiya va dasturlar tuzgan. Uning 7sinf uchun yozgan "Adabiyot. 19—20ayerlar" darsligi bir necha bor nashr etilgan. Sh. ilmiy ijodining asosini Alisher Navoiy ijodining turli qirralariga bagʻishlangan oʻnlab maqolalari va "Alisher Navoiyning hayoti va ijodi" (1939, 1967, 1971, 1978) monografiyasi tashkil etadi. Sh. ning mazkur kitobi kariyb 25 yil davomida Navoiy ijodi haqidagi eng ishonchli manba hisoblanib keldi. Unda Sh. Navoiy dostonlarining Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy asarlaridan farkli, yorqin jihatlarini aniklab, Navoiyning daho sanʼatkor ekanligiga boʻlgan ishonchni oʻquvchiga singdira olgan.
Manbalar
tahrir- Tanlangan asarlar, T., 1978.
Abdugʻafur Rasulov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |