Olimjon ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Masjid
Olimjon ota jome masjidi
Olimjon ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻstonliq
Manzil Akmal Ikromov qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Uchqun mahalla fuqarolar yigʻini Nozim koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Farrux domla Kurganov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Olimjon ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Akmal Ikromov qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Uchqun mahalla fuqarolar yigʻini Nozim koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidga Akmal Ikromov qishloq fuqarolar yigʻini, Uchqun mahalla fuqarolar yigʻini, Nozim mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻazalkent mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Islomobod mahalla fuqarolar yigʻini, Sayram mahalla fuqarolar yigʻini, Yorqin oy mahalla fuqarolar yigʻini, Baxt mahalla fuqarolar yigʻini, Yutuq mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Farrux domla Kurganov hisoblanadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.50 gektar joyda 650 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan.

Tarixi

tahrir

Olimjon ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 15-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar

tahrir
  1. „ОЛИМЖОН ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „"OLIMJON OTA" MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 1-dekabr 2023-yil.