„Oliy taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan oliy taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, oʻzining yuqori kasb-mahorati, yorqin isteʼdodi va ijodi, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt oʻrtasida hurmat qozongan, faol va tashabbuskor, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna koʻrsatib, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi[1][2].

„Oliy ta’lim a’lochisi“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishoni
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston va xorijiy fuqarolarga
Taqdirlash asosi Oliy taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan hamda soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2022-yil 24-oktabr.

Koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham mazkur Nizom talablari asosida taqdirlanishi mumkin.

„Oliy taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslarga 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida topshiriladi.

Tavsifi tahrir

  • „Oliy taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.Koʻkrak nishonining old tomoni markaziy qismida ochiq holatdagi kitob ustida magistrlik bosh kiyimi va ustida yuqoriga taralayotgan nurlar zarhal rangda tasvirlangan.
  • Koʻkrak nishoni aylanasi boʻylab yuqori qismida oq emal fonida zarhallangan „OLIY TAʼLIM AʼLOCHISI“ yozuvi, quyi qismida esa bitta sakkiz qirrali yulduzga tutashgan ikkita dafna novdasi joylashgan. Harflar balandligi — 2 millimetr, yulduzning diametri — 2,2 millimetr.
  • Koʻkrak nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.Koʻkrak nishonining qalinligi — 2,5 millimetr. Yozuv va tasvirlar — boʻrtma. Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
  • Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat.
  • Qadagʻich eni 22 millimetrli toʻq koʻk rangdagi shoyi lenta qoplangan boʻlib, oʻrtasidan 2 millimetrli hamda ikki chetidan eni 1,5 millimetrli sariq rangli yoʻl vertikal holatda oʻtgan. Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir