Oliy va nozil isnod
Oliy va nozil isnod (arab. yuqori va quyi isnod) - isnodning oʻziga xos jihatlaridan biri. Istilohda — isnoddagi kishilarning soni kam (masalan, uchta roviy) boʻlgan hadisga oliy (yuqori), koʻp boʻlganiga (masalan, toʻrtta roviy) nozil (quyi) deyishadi. Oliy isnod nozil isnoddan afzal sanaladi. Nozil isnodning roviylari oliynikidan ishonchli boʻlsa, nozilning darajasi yuqori boʻlishi mumkin. Imom Dorimiyning «Sunan» asarida oliy isnodli hadislar ko’p[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 310.
Adabiyotlar
tahrir- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.