Olti Qorliyev (1909.6.1 — Ashxobod — 1973.11.12) — turkman aktyori, rejissyor, dramaturg. Xalq artisti (1955). Boku teatr texnikumini tugatgan (1931). Turkman drama, opera teatrlarida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan. 1956—60 yillar "Turkmanfilm" direktori. 1957-yildan shu kinostudiyada rejissyor, aktyor. Nuri ("Dursun"). kerim ("Uzoqdagi kelin"), Aldarkoʻsa ("Sehrgar kristall"). choʻpon Durdi va uning oʻgʻli Qadam ("Choʻpon oʻgʻli"), Bayram ("Oila nomusi") kabi rollari bilan turkman kinosi rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Rejissyor sifatida "Maxsus topshiriq", "Ayna", "Dadil qadam", "Mahtumquli", "Daryo orti chegara", "Muqom sirlari" singari filmlarni suratga olgan. 1974-yildan "Turkmanfilm" Qorliyev nomi bilan yuritiladi. Turkmaniston Davlat mukofotlari laureati (1966, 1976).