Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari
„Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari“ (ruscha: Золотой ключик, или Приключения Буратино) — rus yozuvchisi Aleksey Tolstoy qalamiga mansub ertak. Karlo Kollodining „Pinokkioning sarguzashtlari: yogʻoch qoʻgʻirchoq ertagi“ kitobiga asoslanib yozilgan. Asar oʻzbek tilida 1989-yil Toshkent shahrida „Oʻqituvchi“ nashriyotida chop etilgan.[1]
Buratino rus markasida | |
Asl nomi | Золотой ключик, или Приключения Буратино |
---|---|
Muallif(lar) | Aleksey Tolstoy |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | ertak |
Nashr etilgan sanasi | 1936 |
Nashriyot | „Oʻqituvchi“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1989 |
Sahifalar soni | 159 |
ISBN | ISBN 5-645-00612-7 |
Kitob ilk bor 1936-yil Moskvada „Detgiz“ nashriyotida chop etilgan. SSSRda 1986-yilgacha 182 marta chop etilgan. Umumiy adadi 15,5 million nusxadan oshib ketgan. Asar dunyoning 47 tiliga tarjima qilingan.[2]
Syujeti
tahrirSharmankachi Karlo ota yogʻochdan uzun burunli qoʻgʻirchoq yasab, uni Buratino deb ataydi. Buratino qoʻgʻirchoq doʻstlari bilan koʻp sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Ular qoʻgʻirchoq teatrining yovuz egasi Karabas-Barabasdan hamda ayyor tulki Alisa bilan mushuk Baziliodan qochadilar.
Qahramonlari
tahrir- Buratino – yogʻoch qoʻgʻirchoq
- Karlo ota – Buratino yogʻochdan yasagan sharmankachi
- Juzeppe – duradgor, Karlo otaning doʻsti
- Malvina – moviy koʻzli qoʻgʻirchoq
- Artemon – Malvinaga sodiq it
- Pyero – Malvinani sevuvchi shoir qoʻgʻirchoq
- Arlekin – Pyeroning qoʻgʻirchoq doʻsti
- Toshbaqa Tortila – Buratinoga oltin kalit sovgʻa qilgan toshbaqa
- Soʻzlovchi chigirtka – Buratinoga uning taqdirini aytib beruvchi chigirtka
- Karabas Barabas – qoʻgʻirchoq teatri egasi
- Duremar – zuluk sotuvchi
- Alisa – ayyor tulki
- Bazilio – ayyor mushuk
Oʻzbekcha tarjimasi
tahrirAsarni rus tilida oʻzbek tiliga S. Muhammadjonov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1989-yil Toshkent shahrida „Oʻqituvchi“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Matchonov, X. Hayitmetov – muharrirlar, A. Kanevskiy – rassom, V. Apuxtin – muqova rassomi, J. Odilov – badiiy muharrir, T. Zolotilova, D. Gabdraxmanova – texnik muharrirlar, K. Sharipova, D. Abdullayeva – musahhihlar. Kitob adadi – 100 000 nusxa.
Ekranlashtirish
tahrir- Buratinoning boshidan kechirganlari — sovet filmi (1976)
Manbalar
tahrir- ↑ „Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
- ↑ Карайченцева С. А. Русская детская книга XVIII–XX вв. Монография – Москва: МГУП, 2006.- 294 с. – ISBN 5-8122-0870-0
Havolalar
tahrirVikiomborda Buratino haqida turkum mavjud |