Omad hamisha kelavermaydi
Omad hamisha kelavermaydi (ruscha: Раз на раз не приходится) — rejissyor Araik Gabrielyan tomonidan suratga olingan komediya, satirik badiiy film[1].
Omad hamisha kelavermaydi | |
---|---|
Раз на раз не приходится | |
Rejissyor(lar) | Araik Gabriyelyan |
Ssenariynavis(lar) | Valintin Yejov, Albert Ivanov |
Rollarda | Armen Jigarxanyan, Leonid Kuravlyov, Borislav Brondukov |
Bastakor(lar) | Yevgeniy Krilatov |
Studiya(lar) | Mosfilm |
Chiqarilgan sanasi | 1987 |
Davomiyligi | 77 daqiqa |
Mamlakat | SSSR |
Til | ruscha |
Syujeti
tahrirQamoqxonadan endigina ozod etilgan Papashin qurilish trestiga ishga joylashadi va u yerda prorab vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi. Unga ikki ishchi biriktiriladi. Brigadaning vazifasi eski binolarni buzishdan iborat edi. Ular buzilayotgan uylardan birining pechida berkitib qoʻyilgan oltin quymalardan iborat xazinani topib oladilar. Shunday qilib bu shovvozlar bir dilemmaga duch kelishdi: xazinani davlatga topshirish yoki uni noqonuniy tarzda sotish. Ular ikkinchi variantni tanlaydilar, ammo Sovet davrida bunday xazinani sotish va hatto shunchaki yashirish ham juda qiyin ishlardan biri edi. Ushbu xazinani qanday saqlash haqida bosh qotirib uchovlon oʻz uyqu va tinchligini yoʻqotadilar, natijada ular ushbu xazinadan ayriladilar.
Rollarda
tahrir- Armen Jigarxanyan — Papashin
- Leonid Kuravlyov — Fedor Romanov
- Borislav Brondukov — Vasiliy Izmailov
- Lyubov Polishchuk — Smirnova
- Viktor Kremlev — politsiya serjanti, Papashinning jiyani
- Vladimir Burlakov — qabriston direktori
- Vitaliy Varganov — zargar
- Anatoliy Vedenkin — usta Evgeniy Vasilyevich
- Mariya Vinogradova — vokzaldagi kampir
- Boris Ivanov — zavodning kadrlar boʻlimi boshligʻi
- Kapitolina Ilyenko — qabristondagi kampir
- Nina Krachkovskaya — Romanovning doʻsti
- Aleksandr Kudinov — „Shved“
- Tatyana Mitrushina — stantsiya navbatchisi
- Vladimir Ferapontov — ruhoniy
Suratga olish guruhi
tahrir- Rejissyor: Arayik Gabrielyan
- Mualliflar: Valentin Ejov, Albert Ivanov
- Operator: Sergey Zaitsev
Manbalar
tahrir- ↑ Filmning toʻliq versiyasi «Раз на раз не приходится» ,joylangan tarmoq на YouTube
Adabiyotlar
tahrir- Omad hamisha kelavermaydi // Uy kinoteatri: Rus kinosi 1918-1996 / Sergey Zemlyanuxin, Miroslava Segida. — M.: „Double-D“, 1996. — 520 b. — 373-bet
- Soʻnggi sovet komediyasi // Nina Aleksandrovna Tsyrkun — Armen Jigarxanyan. — Panorama, 2000-173 b. — 109-bet