Omamori - sintoizm yoki buddizmdagi muayyan ma’budga bagʻishlab tayyorlangan tumor. “Omamori” yaponcha soʻz boʻlib, “hurmat”, “himoya” ma’nolarini anglatadi. Omamori odatda biror turdagi matodan tayyorlanib, uning ichiga qogʻoz yoki yogʻoch boʻlagiga yozilgan va ibodat vaqtida oʻqiladigan duolar joylanadi. Mahalliy aholi ular turli vaziyatlar, jumladan, berilgan topshiriqlarni bajarish va imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtishdan yordam berishiga ishonishadi. Omamori odatda sumka, mobil telefonlar, mashina va boshqa transport vositalarida xavfsiz yurish maqsadida olib yuriladi. Omamorining dizaynidan u yaratilgan joy haqida bilib olishingiz mumkin. Tumorning bir tomoniga u nima maqsadda foydalanishi va boshqa tomoniga tumor tayyorlangan joydagi ibodatxona tasviri tushirilgan boʻladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 311.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.