Kebegul (Kabegul) Amannazarova (1919-yil, Kotton qishlog‘i, Xiva xonligi) – sovet kolxozchisi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1950-yil).

Omonnazarova Kebegul
Tavalludi 1919-yil
Xiva xonligi
Vafoti

noma'lum
Tosho'g'uz viloyati,

Turkmaniston SSR
Fuqaroligi sovet
Kasbi kolxozchi
Mukofotlari Lenin ordeni, Hurmat belgisi ordeni, Sotsialistik Mehnat Qahramoni

Hayoti tahrir

Kebegul Amannazarova 1919-yilda Xiva xonligining Kotton qish'log'ida tugʻilgan. Millati boʻyicha turkman[1].

1937-yilda Turkmaniston SSR Telman viloyatidagi „Sovet“ (keyinchalik Turkmaniston kolxozi nomini olgan) kolxozida ish boshlagan. U paxta terimida yuqori natijalar koʻrsatib, doimiy kolxozning yetakchi staxanovchilari qatorida boʻlgan. Bu natijalari orqasidan tez orada u Komsomol va yoshlar boʻlinmasi kengashining rahbari boʻlgan. Uning rahbarligi oʻn yil davom etgan boʻlib bu paytda davomida boʻlim paxtakorlar oʻrtasidagi kolxoz sotsialistik musobaqada doimiy ravishda yetakchilik qilgan. Xususan, 1949-yilda Amannazarova brigadasi olti gektar paxta maydonining har bir gektaridan 60,7 sentnerdan hosil olgan[1].

1950-yil 30-iyunda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining Farmoni bilan 1949-yilda sugʻoriladigan yerlarda paxtadan yuqori hosil olgani uchun unga Lenin ordeni va Oʻroq va bolgʻa oltin medali bilan bir qatorda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[2].

1950-yilda esa shu kolxozga paxtakorlar brigadiri etib tayinlangan.

1951-yilda Butunittifoq Kommunistik partiyasiga (bolsheviklar) aʼzo boʻlgan. 1951-1954 yillarda Turkmaniston SSR Oliy Kengashining 3-chaqirigʻida deputat sifatida ham ishtirok etgan.

1957-yil 14-fevralda u Shon-sharaf belgisi ordeni bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, u boshqa koʻpgina medallar bilan ham taqdirlangan. Omonnazarova Kebegul 1969-yilda nafaqaga chiqgan va kasaba uyushmasining eʼtiborga molik shaxsiy nafaqaxoʻrlaridan biri boʻlgan.Umrining oxirgi davrlari o‘zi tug‘ilib o‘sgan Kotton qishlog‘ida yashagan. Oʻlim sanasi maʼlum emas.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Аманназарова Кэбегуль. warheroes.ru. Дата обращения: 29 июля 2021. Архивировано 29 июля 2021 года.“.
  2. „Список Героев Социалистического Труда (Амадалиев — Анюховская)“.