Aleksandr Oparin

Sobiq ittifoq biologik va biokimyogari
(Oparin Aleksandr Ivanovichdan yoʻnaltirildi)

Aleksandr Ivanovich Oparin (1894.2.3, Uglich shahri — 1980.21.4, Moskva) — rus biokimyogari, akademik (1946). Moskva universiteti professor (1929-yildan), SSSR Fanlar akademiyasi biokimyo instituti direktori (1946— 1980).

Aleksandr Oparin

Asosiy ilmiy ishlari Yerda hayotning paydo boʻlishi, tirik hujayralarga fermentlarning taʼsiri mexanizmlarini aniqlash va oʻsimliklar xom ashyosini qayta ishlash texnologiyasi kabi muammolarni hal qilishga qaratilgan. Yerda hayotning paydo boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan nazariyani ilgari surgan (1922). Bu nazariyaga koʻra, Yerda hayotning paydo boʻlishi moddiy tuzilma rivojlanishining qonuniy bosqichi hisoblanadi. Nazariya hozir Aleksandr Oparinning kimyoviy nazariyasi deb yuritiladi. Oparin tirik hujayralardagi fermentativ reaksiyalar qaytar harakterga ega ekanligini tushuntirib berdi (1935).Aleksandr Oparinning ishlari bir kancha biokimyoviy jarayonlar, xususan, non ishlab chiqarish, sharbatlar tayyorlash, vinochilik, choy va tamaki tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega boʻldi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Izmeneniye deystviya enzimov v rastitelnoy kletke pod vliyaniyem vneshnix usloviy, M., 1922; Vozniknoveniye jizni na zemli, 5 izd., M., 1980.