Bosh menuni ochish

Oq tanli sardor

irlandiyalik-amerikalik yozuvchi Thomas Mayne Reid qalamiga mansub roman

„Oq tanli sardor“ (ingl. The White Chief), toʻliq nomi „Oq tanli sardor: Shimoliy Amerika afsonasi“ (ingl. The White Chief: A Legend of North Mexico) — irlandiyalik-amerikalik yozuvchi Thomas Mayne Reid qalamiga mansub roman. Ilk bor 1855-yil chop etilgan. Asarni oʻzbek tiliga Erkin Mirobidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1990-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.[1]

Oq tanli sardor
The White Chief
Muallif Thomas Mayne Reid
Janr roman
Til ingliz
Nashr qilingan yil 1855
Tarjimon Erkin Mirobidov
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Nashr etilgan 1990
Sahifalar soni 368
ISBN 5-633-00450-7

„Oq tanli sardor“ Mayne Reidning eng taniqli asarlaridan biridir. Romanda Shimoliy Amerikaning mahalliy aholisi boʻlmish hindularning amerika va ispan bosqinchilariga qarshi kurashi haqida soʻz yuritiladi.

SyujetTahrirlash

Romandagi hodisalar 18-asr oxiri-19-asr boshida Meksikada sodir boʻladi. Romanda Shimoliy Amerikaning mahalliy aholisi boʻlmish hindularning amerika va ispan bosqinchilariga qarshi kurashi haqida soʻz yuritiladi. Mayne Reid romanni 1840-yillarda Amerika va Meksika oʻrtasida boʻlib oʻtgan urushda boshidan kechirganlariga asoslanib yozgan.

QahramonlarTahrirlash

  • Carlos (talaffuzi: Karlos) – oq tanli sardor
  • Rosita (talaffuzi: Rosita) – Carlosning singlisi
  • Catalina de Cruces (talaffuzi: Katolina de Krusse) – Carlosning sevgilisi
  • Don Juan (talaffuzi: Don Xuan) – Rositaning sevgilisi
  • Antonio (talaffuzi: Antonio) – Carlosning yaqin doʻsti
  • Josefa (talaffuzi: Xosefa) – Antonioning qalligʻi
  • Roblado(talaffuzi: Roblado) – Carlosning ashaddiy dushmani, kapitan
  • Vizcarra (talaffuzi: Viskarra) – Robladoning doʻsti, Carlosning dushmani
  • Joaquin (talaffuzi: Xoakin) – Carlosning dushmani, iyezuit
  • Gomez (talaffuzi: Xomes) – Carlosning dushmani
  • Don Ambrosio (talaffuzi: Don Ambrosio) – Catalinaning otasi
  • Vicenza (talaffuzi: Visensa) – Catalinaning oqsochi, aygʻoqchi
  • Manuel (talaffuzi: Manuel) va Pepe (talaffuzi: Pape) – bizon ovchilari, Carlosni izlaganlar
  • Andres (talaffuzi: Andres) – otboqar, Catalinaga doʻst

Oʻzbekcha tarjimaTahrirlash

Asarni oʻzbek tiliga 1956-yil „Detgiz“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Erkin Mirobidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1990-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Shavkat Turob – muharrir, E. Kigay – rassom, R. Zufarov – rasmlar muharriri, V. Demchenko – texnik muharrir, B. Yunusov – musahhih. Kitob adadi – 100 000 nusxa.

ManbalarTahrirlash

  1. Oq tanli sardor. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 10.11.2016.

HavolalarTahrirlash