Oqsilning uchlamchi strukturasi

Oqsillarning uchlamchi strukturasi - bu bir polipeptid zanjirdan tashkil topgan oqsilning fazoviy tuzilishi.

Oqsillarning har xil uchlamchi strukturalarining koʻrinishi.

Oqsilning uchlamchi strukturasini hosil qilishda quyidagi kuchlar ishtirok etadi:

  • kovalent bogʻlar - sistein qoldiqlari orasida (disulfid koʻprikchalar)
  • ion bogʻlar - musbat va manfiy aminokislotalar qoldigʻi orasida hosil boʻladi
  • vodorod bogʻlar
  • gidrofil-gidrofob kuchlar - qutbli va qutbsiz aminokislotalar qoldiqlari suvga har xil boʻlgan munosabati asosida hosil boʻladi.

Oqsilning uchlamchi strukturasi oqsil foldingi natijasida hosil boʻladi. Katta oqsillarning uchlamchi va toʻrtlamchi strukturalarini hosil qilishda maxsus shaperon-oqsillar qatnashadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Aльбертс Б. и др. Молекулярная биология клетки в 3 томах. Т1. 2015