Orif Komilov (1930.1.6, Jizzax viloyati Jizzax tumani Oqqoʻrgʻon qishlogʻi — 2000.18.12, Toshkent) — tuproqshunos-meliorator olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1983), professor (1986). Samarqand Davlat Universiteti tuproqshunoslik fakultetini tugatgan (1955). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasiTuproqshunoslik (hozirgi Tuproqshunoslik va agrokimyo) institutida katta ilmiy xodim (1963—69), shoʻr tuproqlar laboratoriya mudiri (1969—91), 1991-yildan shoʻr tuproqlar genezisi va melioratsiyasi boʻlimi mudiri. Ilmiy ishlari Urta Osiyo mintaqasida shoʻr tuproqlarning vujudga kelishi va ularning meliorativ holatini yaxshilash, mahalliy (mintaqaviy) tuproq hosil boʻlishi jarayonining nazariy konsepsiyasini yaratish muammolariga bagʻishlangan.

Ac: Tuproq shoʻrlanishi va unga qarshi kurash choralari, T., 1973; Meliorativnoye sostoyaniye i plodorodiye vnov osvoyennix pochv Golodnoy stepi, T., 1985; Melioratsiya zasolennix pochv Oʻzbekistona, T., 1985; Genezis i svoystva okarbonachenno-zagipsovannix pochv Sentralnoy Fergani (hamkorlikda), T., 1992.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil