Orif Tursunov
Orif Tursunov (1912 — Toshkent — 1986.14.1) — hujjatli kino operatori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). 193032-yillar kinostudiyada yorituvchi boʻlib ishlagan. Faoliyatini 1935-yil Oʻzbekiston ilmiy ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida operator yordamchiligidan boshlagan. 1937-yildan kinoxronika va hujjatli filmlar operatori. Respublika hayotiga oid bir kancha kinosyujetlar muallifoperatori. "Oʻzbekiston dekadasi", "Tinchlik va doʻstlik kinofestivali", "Vyetnam, mening Vatanim", "Oq oltin mashaqqati" kabi toʻla metrajli, "Bizning kunlar dutonalari", "Toshkent bahori", "Ikki koʻcha" kabi kiska metrajli filmlar shular jumlasidan. 60-yillardan muallifrej. sifatida ham faoliyat koʻrsatdi. "Ilgʻor mahallasi", "Yunus Rajabiy", "Oqqoʻrgʻon reportaji", "Gʻoʻzani oʻgʻitlash" va boshqa hujjatli filmlarni yaratgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |