Ortiq Fayzullayev
Ortiq Fayzullayev (1933.1.5, Toshkent) — yogʻoch va suyak oʻymakori, Oʻzbekiston BA akad. (1999). Oʻzbekiston xalq rassomi (1997). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini (1957) va Toshkent ped. intining rasmchizmachilik boʻlimini (1969) tugatgan. 1962 yildan P. Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtida pedagog . F. ning asarlari badiiy yetukligi, mazmunan teranligi, usulining yuksakligi bilan ajralib turadi, yogoch oʻymakorligi anʼanalaridan keng foydalanib zamon ruhiga monand oʻziga xos yangi jilo va bezaklar yaratdi. Kursi, xontaxta, stollarni oʻyma naqshlar bilan jozibador bezagan, namoyon panjaralari bejirim, nafisligi bilan ajralib turadi. F. — oʻzbek ustalari orasida suyak oʻymakorligi bilan shugʻullangan yagona usta. "Choʻpon", "Lazgi oʻyini", "Kurant", "Navoiy haykali", "Paxta oʻyini" va boshqa asarlari koʻrgazmalarda namoyish etilgan, sovrinlar bilan takdirlangan. F. Toshkent shahridagi Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi (1968), "Moviy gumbazlar" choyxonasi (1970), Navoiy nomidagi Sanʼat saroyi (1981), Kislovodskdagi Oʻzbekiston sanatoriysi (1982), "Uzbekiston" mehmonxonasi (1983) va boshqa binolarni anʼanaviy bezashda faol qatnashgan. Oʻzbekiston BA Oltin medali bilan mukofotlangan (2003).
Fayzullayev Ortiq | |
![]() | |
Haqiqiy ismi | Fayzullayev Ortiq |
Tavalludi | 1-may 1933-yil Toshkent |
Mashhur suratlari | "Choʻpon", "Lazgi oʻyini", "Kurant", "Navoiy haykali", "Paxta oʻyini" |
Mukofotlari | O‘zbekiston xalq rassomi, Oʻzbekiston BA Oltin medali bilan mukofotlangan (2003). |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |