Oscar Wildning qabri Fransiyaning Parij shahridagi mashhur Per Lachaise qabristonida joylashgan. Memorial haykal uchun haykaltarosh Jeykob Epshteyn tomonidan toʻqqiz-oʻn oy vaqt sarflandi, Charlz Xolden tomonidan plintus va[1] va yozuv Jozef Cribb tomonidan oʻyilgan[1].

Tashkillashtirilishi

tahrir

1908-yilda Oscar Wildning adabiy ijrochisi Robert Ross[2] qabrni qurish uchun mohir haykaltarosh Jeykob Epshteynni tanladi, bu maqsad uchun unga ikki ming funt sterling xayriya qilingan[1]. Keyinchalik, 1930-yilda Ada Leverson va Ross oʻrtasidagi maktublar nashrida "Sfenksga maktublar"da nomaʼlum donor Xelen Karu ekanligi maʼlum boʻldi, unga romanshunos Stiven Gudson (Sidney Shiff) moliyaviy yordamini ayamadi[1]. Bu Epshteynning ikkinchi komissiyasi edi, uning birinchisi Stranddagi Britaniya Tibbiyot Assotsiatsiyasi binosi uchun Holden tomonidan loyihalashtirilgan haykal edi; Bular ommaviy isteʼmol uchun haddan tashqari shahvoniylashtirilgani uchun qattiq tanqid qilingan edi. Biroq Epshteyn Uild Rotenshteyn kabi eʼtiborga molik tarafdorlarini saqlab qoldi[1].

Yodgorlik haqida

tahrir

Oscar Wild yodgorligining tanlanishi katta bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Uayld tarafdorlari yodgorlik qaysidir maʼnoda Uayldning " Yosh qirol " ga oʻxshash asarlaridan iqtiboslar boʻlishini istardilar, gomoerotikani bechora yunon yoshlari figuralari bilan chaqirishgan, shuningdek, Uayldni qoralovchilar uni hech qanday yodgorlikka loyiq emas deb bu bu urinishlarni ortiqcha hisoblashgan edi. [3] Wild asarlarining taʼsirini Epshteynning qabrga oid asl eskizlarida koʻrish mumkin, ularda boʻsh tosh stelada qaygʻu va gʻam timsolida boshi egilgan ikki yigit tasvirlangan. Biroq, Epshteyn qabrning eskizlari haqida „norozi boʻlganini va tugallangan ishni bekor qilganini“ aytdi[1].

Dizayn rejalarining oʻzgarishiga Epshteyn Wildning " Sfenks " sheʼriga chuqurroq eʼtibor qaratgani sabab boʻlgan deya taxmin qilinadi[2]. Biroq bu davrda Epshteynga bir qator taʼsirlar boʻla boshladi, jumladan haykaltarosh Erik Gill ham unga oʻz taʼsirini oʻtkazishni boshladi[1]. Ikki rassom ingliz sanʼatidan farqli oʻlaroq, hind va Misr sanʼatining eng asosiy jinsiyligi sifatida koʻrgan narsaga juda qiziqdilar. Pennington Epshteyn asaridagi bu davrni Quyosh ibodatxonasi davri deb ataydi va Britaniyadagi baʼzi asarlari bilan bu yoʻldan bora olmagan Epshteyn oʻzining yangi ishtiyoqini Wild qabriga oʻtkazganini daʼvo qiladi[1].

Yodgorlikning ochilgani 1912-yilning iyun oyida London matbuotida eʼlon qilindi, Angliyaning Derbishir shahridagi 20 tonnalik Xopton-Vud tosh bloki sifatida boshlangan[1]. Epshteyn keng qanotli figurani, vertikal qanotlari bilan tez harakatlanuvchi xabarchini yaratdi va bu oldinga intilish ramzini berdi. Figura bir vaqtda parvoz tushunchasini ham berar edi, haykal shoirning xabarchi sifatidagi ramziy figurasi boʻlgan, lekin koʻp odamlar unga Oskar Wildning portretini oʻqishga harakat qilishdi[3].

Ramziy belgilari

tahrir

Asl eskizlarda ramzlar Britaniya muzeyida saqlanadigan qanotli Ossuriya buqalari bilan bogʻlangan[1]. Sfenks qulogʻi orqasidagi mitti farishta qiyofasi Epshteyn tomonidan Uayldning „ Sfenks“ nomli sheʼridagi „barcha xotiralaringni menga kuyla“ misrasiga ataylab ishora qilgan boʻlishi mumkin deb qaraladi[1]. Bosh kiyimda jami beshta figura bor, biri xochga mixlangan, buning ramziy maʼnosi Oskar Wildning shahidligini bildiradi; Bu tez-tez uchraydigan mavzu boʻlishi mumkin – Epshteyn, katoliklik bilan yashiringan Uayldning hayot tanlovining shahvoniyligiga ishora qilib, bosh kiyimida xochga mixlangan figurali Sfenksni tanlagan boʻlishi mumkin[1]. Epshteynning asl chizmalarida oʻnta gunoh roʻyxati bor, lekin eng soʻnggi yodgorlikda ayollarning misrliklarga oʻxshash dubulgʻadagi soch turmagidan boshqa hech biri aniq koʻrinmaydi[1].

Tayyor tosh yodgorlikda esa quloqlar orqasidagi kichik farishta olib tashlangan boʻlib, uning oʻrniga chiroyli bosh kiyim aks etgan. Xochga mixlangan figura va fallik sfenks ham olib tashlangan va ularning oʻrnida shon-shuhrat timsoli aks etgan[1]. Bu Epshteynning kamroq sentimental, oʻyilgan va burchakli alternativga eʼtibori boʻlishi mumkin[2].

Epshteyn Londondagi Cheyne Walk studiyasidan haykalni Fransiyadagi qabristonga olib ketayotganda politsiya bilan muammoga duch keldi. Politsiya hodimlari uning sanʼat asari maqomini rad etdi, fransuz bojxonachilari tomonidan yodgorlik uchun 120 funt sterling miqdorida jarima solindi. Jarima toshning qiymatiga koʻra hisoblandi[1]. Hisob toʻlanganidan soʻng (Hisob Robert Ross tomonidan mablagʻni Ada Leversondan qarzga olib toʻlangani taxmin qilinmoqda)[1]. Parij rasmiylarining yodgorlikning yalangʻochligiga salbiy munosabat bildirgani uchun yodgorlik brezentga oʻralgan. Epshteyn bir kuni kechqurun qabristonga qaytib keldi va haykaldagi moyaklar gips bilan qoplanganini aniqladi, chunki moyaklar kattaligi gʻayrioddiy hisoblangan[1]. Yodgorlik politsiyaning qattiq nazorati ostida edi va Epshteyn politsiyachiga pora berganidan keyingina ishini davom ettirishi mumkinligini tushunib yetdi, ammo ish vaqti-vaqti bilan davom etib, tungi vaqtda brezent almashtirildi[1]. Oxir-oqibat, murosa sifatida Robert Rossning koʻrsatmasi bilan yodgorlikning moyaklar ustiga kapalak shakliga oʻxshash bronza lavha qoʻyildi va u 1914-yil avgust oyida boshida okkulist va shoir Aleister Krouli tomonidan ochildi. Epshteyn ijodini oʻzing roziligisiz oʻzgartirilganidan qattiq gʻazablandi va ochilish marosimida qatnasha olmasligini aytdi[1]. Bir necha hafta oʻtgach, Aleister Krouli Parijdagi kafeda Epshteynga yaqin keldi. Uning boʻynida bronza kapalak bor edi – u Epshteynga uning ishi endi u xohlaganidek namoyish etilayotganini aytdi[1].

Qabrni oʻpish anʼanasi

tahrir

Bugungi kunda yodgorlikning ahamiyati juda yuqori boʻlib, uni har yili minglab sayyohlar tomosha qilgani tashrif buyurishadi. Anʼanalarga koʻra, ziyoratchilar ogʻziga lab boʻyogʻini surtgandan keyingina qabrni oʻpishlari mumkin va shu bilan oʻpishlarining „izini“ qoldirgan hisoblanadilar[4]. Tosh graffiti bilan qoplangan, muallifga muhabbat maktublari qoldirish lab boʻyogʻi bilan oʻpish kabi zararli emas. Chunki lab boʻyogʻida hayvon yogʻi mavjud boʻlib, u toshga botib, doimiy zararga olib keladi[5]. Pomada yogʻini olib tashlash uchun tozalash operatsiyalari toshning koʻproq zararlanishiga olib keldi. Shuning uchun ham keyinchalikka borib tozalash yanada qiyinlashadi, bu esa yanada keskin va sirtga zarar yetkazuvchi protseduralarni talab qiladi[6]. Muxlislarni toʻxtatish uchun 9000 yevro miqdorida jarima belgilandi, biroq ularning koʻpchiligi sudga keltirilgunga qadar oʻz yurtlariga joʻnab ketishi mumkin boʻlgan sayyohlar boʻlgani uchun bu oʻylangan qarorlar amalga oshmadi hamda ushbu holatni toʻxtatishga erisha olmadilar[7]. 2011-yilda deyarli yechim topildi. Yodgorlikni „oʻpmaydigan“ qilish uchun shisha toʻsiqni yaratish boshlandi[8][9]. Bu amaliy ishlar 2014-yilda yakunlangan[10]. Biroq u faqat qabrning pastki yarmini qoplaydi. Irlandiya jamoat ishlari boshqarmasi qabrni xorijdagi Irlandiya yodgorligi deb hisoblaganligi sababli, u tozalash va toʻsiq xarajatlarini toʻlab bergan[6].

Qabrni oʻpish anʼanasiga Oscar Wild tarafdorlari turlicha munosabatlar bildirdi. Uayldning maqbaradagi parvarishga qisman mas’ul boʻlgan nevarasi Merlin Holland bu mavzuda „Oxirini oʻylamagan qoʻpol odamlar qabrni abadiyga buzdi“ deb afsus bilan aytadi[5]. Wildni oʻzi uchun shaxsiy qahramon sifatida koʻradigan prodyuser Mark Overton lab boʻyogʻi oʻpishlarini jirkanch deb topganini aytgan. Ushbu munozaraning boshqa tomonida, arxitektura tarixchisi Liza Mari buni fidoyilik harakati va „buyuk dekadent va estetikaga munosib yodgorlik“ deb atadi[11]. Toʻsiq oʻrnatilgandan ikki yil oʻtgach, Stiven Fry Jaipur adabiyot festivalida Wild haqidagi nutqida Oscar Wildning qabrini oʻpish anʼanasini alohida eslatib oʻtdi:

Mana, bu odam vafot etayotganida, uning ismi avlodlar uchun zaharli boʻladi deb oʻylagan. Yuz yillar davomida uning asari deyarli oʻqilmagan. U buzuqlikdan boshqa hech narsa emas deb baholashgan. Oʻziga oʻxshaganlarga chiday olmagan jamiyatdan mutlaq jirkanish….Uning qabri Parijdagi Per Lachaise qabristonida. Uni qayta tiklash zarur edi, chunki qabr sirtining sayqallangan toshlari aynan oʻpish natijasida zanglab ketgan. Ming va minglab oʻpichlar… Buni aytish uchun uni besh daqiqaga uygʻotishga, keyin yana uxlashiga ruxsat berilsaydi[12].

Eskizlar

tahrir

Epshteynning ishi uchun bir koʻplab eskizlar saqlanib qolgan, baʼzilari shaxsiy kollektsiyalarda boʻlsa,[1][1] yana baʼzilari galereyalarda,[1] The New Art Gallery Walsall’dagi Garman Rayan kolleksiyasidagi yon koʻrinishning profilini oʻz ichiga oladi[13].

Manbalar

tahrir
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 Pennington (1987).
  2. 2,0 2,1 2,2 Cork, Richard. Jacob Epstein. Tate Gallery Publishing, 1999 — 20-bet. ISBN 978-0691029450. 
  3. 3,0 3,1 Haskell (1931).
  4. Tagliabue, John „Walling Off Oscar Wilde's Tomb From Admirers' Kisses“. The New York Times (2011-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2013-yil 5-may.
  5. 5,0 5,1 „Scarlet kisses of death for Oscar's tomb“ (en). the Guardian (2000-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  6. 6,0 6,1 „Oscar Wilde's lipstick-covered Paris tomb to be protected“. The Guardian (2011-yil 27-noyabr).
  7. Peralta, Eyder. „A Kiss No More: Oscar Wilde's Tomb Will Be Protected From Smooches“ (en). NPR (2011-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  8. „Oscar Wilde's restored tomb is unveiled in Paris“. BBC Online. Qaraldi: 2013-yil 2-may.
  9. Pearce. „Important we should still hear the call of the Wilde“ (en-AU). ABC News (2011-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 18-iyun.
  10. #JLF 2016: Fry on Wilde (inglizcha), qaraldi: 2022-04-07
  11. Paris. „Oscar Wilde's adored tomb sealed from loving kisses“ (en). The Sydney Morning Herald (2011-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  12. #JLF 2016: Fry on Wilde (inglizcha), qaraldi: 2022-04-07
  13. „Study for the Tomb of Oscar Wilde“. The New Art Gallery Walsall. Qaraldi: 2013-yil 5-may.

Havolalar

tahrir