Oshqovoq boʻtqa
Oshqovoq boʻtqa — qovoq eti qoʻshilgan boʻtqa. Qovoq boʻtqasini suv yoki sutda qaynatib, yogʻ qoʻshib tayyorlanadi. Boʻtqa uchun qovoqni baʼzan toblab pishirishadi. Koʻpincha, shakar qoʻshiladi. Qovoq etidan tashqari, yorma donlar ham qoʻshiladi: guruch, tariq, bugʻdoy yoki makkajoʻxori yormasi. Oʻzbek oshxonasida oshqovoqdan, asosan, somsa, manti pishiriladi. Shuningdek, sutli ovqatlarga qoʻshish, qirilgan oshqovoqni xamirga qorib, non yopish retseptlari mavjud.
Oshqovoq boʻtqasi Rossiyada kamida XVIII asrdan beri maʼlum boʻlgan[1]. Rossiyada qovoq yetishtirish XVII asrning oʻrtalaridan boshlangan. Tariq yormasi qoʻshilgan toblama yoki oshqovoqli boʻtqa rus oshxonasining klassikasiga aylangan[2].
Ukrainada
tahrirUkrainada qovoq har bir dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan. Uzoq muddat saqlash imkoniyati borligi uchun deyarli butun yil davomida oshqovoqni toblab va qaynatib isteʼmol qilingan. Qovoq boʻtqasi (ukraincha: гарбузова каша, кабакова каша) quyidagicha tayyorlangan: urugʻlardan va qobigʻidan tozalangan qovoq mayda boʻlaklarga boʻlinib, sigir suti, roʻzada koʻknor yoki nasha suti quyiladi hamda pishgunicha qaynatiladi. Qaynatilgan tariq bir xil nisbatda qaynatilgan qovoq bilan qoʻshilib, aralashtiriladi va toblab pishiriladi. Oshqovoqli boʻtqani toblangan tuxum bilan ham tayyorlangan[3]. Toblab pishirilgan oshqovoq boʻtqasi hordiq kuni taomi, odatiy oshqovoq boʻtqa esa kundalik taom boʻlgan. Hozir bu taomga guruch yoki bugʻdoy yormasi qoʻshib ham pishiriladi[3].
Koreyada
tahrirXobak-juk (호박죽) yoki oshqovoqli boʻtqa — koreyscha boʻtqa yoki qovoq va yopishqoq guruch unidan tayyorlangan „juk“ turi[4].
Qovoq qaynatiladi, tozalanadi, urugʻlari olib tashlanadi va pyure qilinadi[5]. Qovoq pyuresi yanada tekis chiqishi uchun suzgichdan oʻtkazilishi mumkin[6]. Keyin u yopishqoq guruch uni bilan aralashtiriladi va qaynatiladi, bu vaqt davomida bugʻda pishirilgan qizil yoki qora loviya qoʻshish mumkin[6]. Yana bir keng tarqalgan qoʻshimcha — bu sailsim (새알심, „qush tuxumi“), issiq suv bilan aralashtirilgan yopishqoq guruch unidan tayyorlangan kichik dumaloq pishiriqlar. Nihoyat, taʼbga koʻra tuz va lozim boʻlsa, shakar qoʻshiladi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Slovar Akademii Rossiyskoy: 1789-1794 : v shesti tomax (Tom 6), Moskovskiy gumanitarniy institut im. Ye. R. Dashkovoy / Pod red. L. V. Tichinina. — S.341. — ISBN 5899030119, 9785899030116
- ↑ Ovoщi — eto novoe myaso / Mixail Lukashonok, Maksim Marusenkov. — Moskva: Eksmo, 2019. — 144 s. — S.83
- ↑ 3,0 3,1 Garbuzova kasha // Ukraїnska minuvshina. Іlyustrovaniy etnografіchniy dovіdnik / 2-e vid. A. P. Ponomarov, L. F. Artyux, T. V. Kosmіna ta іn. — Kiїv: Libіd, 1994. — S. 84. — 256 s.— ISBN 5-325-00592-8.
- ↑ National Institute of Korean Language „주요 한식명 (200개) 로마자 표기 및 번역 (영, 중, 일) 표준안“ (koreyscha) (PDF) (30-iyul 2014-yil). Qaraldi: 14-fevral 2017-yil.
- ↑ 강, 인희 „ko:호박죽“ (koreyscha). Encyclopedia of Korean Culture. Academy of Korean Studies. Qaraldi: 1-may 2017-yil.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „ko:호박죽“ [Pumpkin Porridge] (koreyscha). Doopedia. Doosan Corporation. Qaraldi: 17-avgust 2008-yil.
Havolalar
tahrir- Yak prigotuvati garbuzovu kashu
- Kasha z garbuza
- Garbuzova kasha (Wayback Machine saytida 4-yanvar 2018-yil sanasida arxivlangan)