Usmonli turk tili

(Osmanishtjadan yoʻnaltirildi)

Usmonli turk tili — Usmonli imperiyasida adabiyot va davlat tili boʻlgan. Turk tilining bir turi. Uning tarkibida arab va fors tilidan kirib kelgan soʻzlar k’op. Shu sababli usmonli turkchasi davlatning uncha bilimi yoʻq fuqorolariga uncha tushunarli boʻlmadi. Asta sekinlik bilan turk aloqa tiliga usmonli turkchaning taʼsiri katta boʻldi.

Usmonli turk tili
Milliy nomi لسان عثمانى, (lisân-ı Osmânî)
Mamlakatlar Usmonli imperiyasi
Rasmiylik holati Usmonli imperiyasi
Holati XX asrning boshlarida o'lgan
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Oʻgʻuz guruhi
Turk ostguruhi
Alifbosi arab
Til kodlari
ISO 639-2 ota
ISO 639-3 ota

Tarixi

tahrir

Usmonli turk tilining tarixini 3 davrga boʻlishga boʻladi

  • Eski Osmanlı Türkçesi (Qadimgi usmonli turkchasi): 16-asrgacha foydalangan. Turk tiliga juda yaqin. Ularni biriktirib ayrim vaqtda Eski Anadolu Türkçesi (Qadimgi Anatoliya turkchasi) deb ataydi.
  • Orta Osmanlı Türkçesi (Oʻrta usmonli turkchasi) yoki Klasik Osmanlıca (Klassik usmonli turkchasi): 16-asrdan boshlab Tanzimat reformalarigacha foydalangan adabiyot va davlat tili. Usmonli turkchasi deganda koʻpincha shu davrning tili haqida boʻladi.
  • Yeni Osmanlı Türkçesi (Yangi usmonli turkchasi): 1850 yillardan boshlab XX-asrgacha shakllandi.

Til reformasi

tahrir

Usmonli imperiyasi Birinchi jahon urushidan keyin magʻlub boʻlgandan keyin va Turk Respublikasi tashkil topgandan soʻng 1928-yili til reformasi yurgizilib, tildagi koʻplab arab va fors tilidan kirgan soʻzlar olib tashlandi va oʻrniga turkcha yangi soʻzlar qoʻshildi[1]. Arab alifbosining oʻrnini lotin alifbosi egalladi. Bu reforma Mustafo Kamol Otaturk yuritgan Otaturk feformalarining bir boʻlagi edi. Bu oʻzgarishlarning asosiy maqsadi — adabiy turk tilining ogʻzaki tilga yaqinroq turini shakllantirib, Turkiyani Usmonli imperiyasining oʻrniga paydo boʻlgan milliy davlat qilish edi.

Quyida turk tilidagi almashtirilgan soʻzlarning tizimidan olingan uchta misol keltirilgan. Usmonli turkchadagi uchta fors soʻzining hozirgi turk tilida qanday soʻzlar bilan almashtirilgani koʻrsatilgan:

Oʻzbekcha Usmonlicha Hozirgi turkcha
kerakli واجب vâcib gerekli
mushkul مشکل müşkül güçlük, zorluk
shahar/kent شهر şehir kent/şehir

Alifbosi

tahrir

Usmonli turkchasi asosan Usmonli turk tilining alifbosi bilan (الفبا elifbâ) yozilar edi. Old alibosi fors alifbosining taʼsiriga uchragan arab alifbosining bir turi edi. Biroq usmonli turkchasining armen alifbosi bilan yozgan paytlari ham boʻlgan: masalan, Usmanli imperiyasida yozilgan ilk roman Akabi romanini 1851-yili Vartan Poshsho armen alifbosi bilan yozgan. Shunga oʻxshash, Abdulmajid sultonning davrida usmonlilarning tangasi ishlash bilan shugʻullangan armen millatidan chiqqan Duzogʻlilar sulolasi oʻz yozmalarini usmonli turkchada, biroq armen alifbosi bilan yozishgan. Boshqa alifbolar ham foydalanilgan, masalan yunon alifbosini, jo'hit alifbosining Rashi xatini musulmon emas guruhlar foydalangan, sababi arab alifbosi islom dini bilan bogʻliq boʻlgan. Aksincha sharoitlar ham boʻlgan. Masalan, yunoncha gapiradigan musulmonlar usmonli turk alifbosi foydalanib, yunon tilida yozadigan edi.

Soʻzdagi oʻrni boʻyicha yozilish turlari Ati ALA-LC
trasliteratsiyasi
hozirgi
turkchada
alohida oxirida oʻrtada boshida
elif a, â a, e
hemze ˀ ', a, e, i, u, ü
be b, p b
pe p p
te t t
se s s
cim c, ç c
çim ç ç
ha h
h
dal d d
zel z z
re r r
ze z z
je j j
sin s s
şın ş ş
sat, sad s
ﺿ dat, dad ż, d, z
t
z
ayın ʿ ', h
gayın ġ g, ğ
fe f f
kaf k
kef k, g, ñ k, g, ğ, n
gef¹ g g, ğ
nef, sağır kef ñ n
lam l l
mim m m
nun n n
vav v, o, ô, ö, u, û, ü v, o, ö, u, ü
he h, e, a h, e, a
lamelif la
ye y, ı, i, î y, ı, i

Sonlar

tahrir
1
بر
bir
2
ایكی
iki
3
اوچ
üç
4
درت
dört
5
بش
beş
6
التی
altı
7
یدی
yedi
8
سكز
sekiz
9
طقوز
dokuz
10
اون
on

Manbalar

tahrir
  1. Prof.Dr. Muharrem Ergin, Osmanlı Türkçesi, 2008-12-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-23