Ostia jangi
Ostia jangi — 849-yilda Tirren dengizida musulmon floti va Italiya ligasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan dengiz jangi hisoblanadi. Italiya ligasi musulmon qoʻshinini magʻlub etgan va jang nasroniylar foydasiga tugagan. Ushbu jang Rafaelning Battaglia di Ostia asari uchun ilhom manbai boʻlib xizmat qilgan.
Ostia jangi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Ostia jangi, Rafael freskasi | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Xristian ligasi | Musulmon kuchlari | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Neapollik Caesar | Nomaʼlum | ||||||
Kuchlar | |||||||
Nomaʼlum | Nomaʼlum | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
Kam | Kuchli yoʻqotishlar |
Fon
tahrir827-yildan boshlab musulmon qoʻshinlari Sitsiliyani zabt eta boshladi. 835-yildan boshlab Agʻlabiylar Italiya ichkarisiga yurish boshladilar. Ularning Kalabriya va Apuliyaga bostirib kirishlari, shuningdek, Oʻrta yer dengizining boshqa markaziy orollariga qilgan hujumlari, Sitsiliya qamalining davomi sifatida koʻrilgan[1][2]. Rimga 846-yilda musulmonlar qoʻshinlari tomonidan bosqin uyushtirildi[3][4]. Keyingi hujum 849-yilda sodir boʻlib va bu qattiq janglarga olib keldi[5].
Jang
tahrirSardiniya yaqinida musulmon qoʻshini kemalari toʻplangani haqidagi xabar 849-yil boshida Rimga yetib bordi. Neapollik Sergius I ning oʻgʻli Sezar qoʻmondonligidagi nasroniy armadasi Ostiyaga toʻplandi va papa Leo IV ularni duo qilish va ibodat oʻtkazish uchun chiqdi. Musulmon kemalari kelganidan soʻng, Neapolitan galleylari bilan jang boshlandi. Jang oʻrtalarida toʻfon musulmonlarni ikkiga boʻldi va nasroniy kemalari portga qaytishga muvaffaq boʻldi. Musulmonlar esa uzoq-uzoqlarga tarqalib ketishdi, koʻp kemalar yoʻqolib, boshqalari qirgʻoqqa kelishdi. Boʻron soʻngach, musulmon flotining qoldiqlari osongina mavx etildi, koʻplab asirlar olib ketildi[6].
Oqibat
tahrirJangdan soʻng, musulmonlar kemalari qirgʻoqqa sayozlikka oʻtirib qoldi va mahalliy aholi tomonidan talon-taroj qilindi. Jangda olingan asirlar Vatikan tepaligini oʻraydigan Leonin devorini qurishda ishlashga majbur boʻldilar. Bu jangdan keyin Rimga boshqa musulmonlar qoʻshini yaqinlashmadi[7].
Manbalar
tahrir- ↑ Kreutz, Barbara M. (1991). Before the Normans: Southern Italy in the Ninth and Tenth Centuries. University of Pennsylvania Press. ISBN 978-0-8122-0543-5.
- ↑ Nef, Annliese (2021). „Byzantium and Islam in Southern Italy (7th–11th Century)“. A Companion to Byzantine Italy. Brill. pp. 200–225. ISBN 978-90-04-30770-4.
- ↑ Kreutz, Barbara M. (1991). Before the Normans: Southern Italy in the Ninth and Tenth Centuries. University of Pennsylvania Press. ISBN 978-0-8122-0543-5.
- ↑ Davis-Secord, Sarah (2017). Where Three Worlds Met: Sicily in the Early Medieval Mediterranean. Cornell University Press. ISBN 978-1-5017-1258-6.
- ↑ Kreutz, Barbara M. (1991). Before the Normans: Southern Italy in the Ninth and Tenth Centuries. University of Pennsylvania Press. ISBN 978-0-8122-0543-5.
- ↑ "CAMPANA, LEGA in „Enciclopedia Italiana“". www.treccani.it (in Italian). Retrieved 2022-06-08.
- ↑ Kreutz, Barbara M. (1991). Before the Normans: Southern Italy in the Ninth and Tenth Centuries. University of Pennsylvania Press. ISBN 978-0-8122-0543-5.