Ota eng yaqin erkak ajdod boʻlib, bola tugʻilishi uchun lozim spermani taʼminlagan organizmdir. Bola jinsi otaga bogʻliq, uning spermasi hujayralari ham X, ham Y xromosoma tashiydi.[1] Ayol ekvivalenti onadir.

Ota va ona.

Ota sabab oilada farzand tug'iladi, ona farzand tarbiyasi, parvarishi va kelajak uchun g'amxo'rlik qiadi. Oilaning ustuni bu - ota hisoblanadi, ona esa oila chirog'idir. Har bir oila esa jamiyatning asosidir. Oilada otaning o'rni, hurmati va mavqeyi qanday yuksak bo'lsa, albatta farzand tarbiyasi va ularning kelajagiga muhim o'rin egallaydi. Shu sababli o'zbek millatida oila va jamiyat nufuzida otaning beqiyos qadr - qimmati bor ekanligi qadimdan to hogirga qadar davom etib kelmoqda. O'zbek xalq maqollarida ham aynan shu jihatlar alohida qayd etilgan: "Ota rozi - Alloh rozi", "Otaning qarg'ishi o'q, onaniki - do'q" va boshqalarda shu ulug' ozod haqida, uning qadr - qimmati, sha'nini ulug'lash haqida fikr yuritiladi. Otalar bor joyda farzandlar past ovozda gapirish, ota taom yeyishni avval boshlaganidan so'ng taomlanish, biror bir ishni yoki yumushni boshlashda avval maslahat va fikrlarini olish, so'ng esa duo olib boshlash, uzoq safarlarga yoki ilm, hunar o'rganish maqsadida yashab turgan xonadonidan uzoqqa ketishga to'g'ri kelsa avval otadan, so'ng onadan duo olib yo'lga chiqish kabi milliy va ezgu an'analar asrlar davomida avloddan avlodlarga o'tib kelmoqda. Hozirda ham jamiyatda va oilada otaning o'rni, qadr-qimmati va sha'ni juda ulug'lanadi.

G'ayrat Qahhorov Uzun tumani, instabloger, Youtuber, mustaqil ilmiy bloger. +998937626000 +998972446000

  1. HUMAN GENETICS, MENDELIAN INHERITANCE