Otajon hoshim (taxallusi; asl ism-sharifi Hoshimov Otajon) (1905—Toshkent — 1938.4.10) — adabiyotshunos, jamoat arbobi. Rus-tuzem maktabida, soʻngra oʻqituvchilar tayyorlash bilim yurtida oʻqigan (1919—21). Iqtidorli oʻquvchi sifatida Moskvadagi Buharin nomidagi ishchilar fakultetiga oʻqishga yuborilgan (1922). Uni tugatgan Otajon Hoshimov Kizil professorlar institutining tayyorlov boʻlimiga qabul qilingan (1923). O. H. mazkur institutda oʻqib yurgan kezlarida (1924—27) oʻzbek drama studiyasi tinglovchilariga dare bergan. Sogʻligʻi yomonlash-gani bois institutni tugatmay, ona vataniga qaytgan O. H. oʻzbek yozuvchilarining birinchi adabiy uyushmasi — "Qizil qalam" tashkilotiga rah-barlik qiladi (1926—29) va shu davr adabiy hayotida muhim voqea boʻlgan "Kizil qalam" majmualarini nashr etadi (1-kitob, 1928; 2-kitob, 1929). Oʻsha kezlarda Maorif xalq komissarligi huzuridagi ilmiy kengashga rais etib tayinlanadi. Otajon Hoshimov tashabbusi bilan 1927-yanvarda Samarqandda Oliy pedagogika instituti (hozirgi Samarkand davlat universiteti) tashkil etiladi. Oʻzbekistonda "burjua millatchilari"ga qarshi kurash kampaniyasi boshlanganda, respublika rahbariyati Otajon Hoshimovni Leningraddagi SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik intining aspiranturasiga oʻqishga yuboradi (1929). Aspiranturani tugat-ganidan soʻng institutning ilmiy kotibi qilib olib qolinadi. 1933-yil dekabrida O. H. Toshkentga chaqirib olinib, Til va adabiyot ilmiy tadqiqot institutiga direktor etib tayinlanadi. Shuningdek, u Yozuvchilar uyushmasi tanqid va adabiyotshunoslik shoʻʼbasi raisi (1934-yildan), yangi tashkil etilgan Fanlar komiteti raisi oʻrinbosari (1937-yildan) sifatida ham qizgʻin ilmiytashkiliy faoliyat bilan shugʻullanadi. Shu vaqtda olimning tashabbusi bilan xalq ogʻzaki ijodi namunalari ("Oʻzbek folkloridan namunalar", 2 jildli; "Oʻzbek xalk, ertaklari", "Alpomish", "Malikai ayyor" va boshqalar), oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotiga bagʻishlangan ilmiy asarlar, bir kancha terminologik lugʻatlar nashr etiladi. Otajon Hoshimovning adabiyotshunos va jamoat arbobi sifatida faoliyati ayni qizigan bir vaqtda — 1937-yil 2 avgustda u "xalq dushmani" sifatida qamoqqa olinadi va koʻp oʻtmay Toshkentda otib tashlanadi.

Manbalar

tahrir