Ota-Qo‘zi ota jome masjidi—1913 yil qurilgan bo‘lib, Paxtaobod tumani, To‘quvchi aholi punkti, “Qo‘rg‘oncha” MFY, Qirg‘iz Qo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan. Jom'e masjidi madrasa vazifasini ham o'tagan. Otaqoʻzi madrasasi Qoʻqon xonligining soʻnggi davr meʼmoriy yodgorligi hisoblanadi.[1]

Masjid
Otaqoʻzi ota jome masjidi

Jom'e masjidi qurilish tarixi

tahrir

O‘z davrining noyob inshooti Namangandagi usta Muhammadjon tomonidan qurilgan Otaulloh hamda Mulla Qirg‘iz madrasalarini qurdirgan Ota Qo‘zining (1855—1918) mablag‘iga qurligan. Madrasa bezaklari usta Sa’dullaxon tomonidan bajarilgan. Madrasa aylanasiga talabalarga dars o‘tilishi uchun mo‘ljallangan xonalar (hujra) bilan o‘ralgan, g‘arbdan esa masjid qad rostlagan.[2]

Joylashuvi

tahrir

Ota Qo‘zi madrasasi Farg‘onalik ustalar Qirg‘izboy hamda usta Mamajon tomonidan XX asr boshida barpo qilingan. Bino Andijonning shimolida Qirg‘iziston chegarasiga yaqin joyda joylashgan.

Arxitekturasi

tahrir

Me’morlar pishgan g‘ishtning barcha nafis imkoniyatlarini namoyish qilishgan. Ota Qo‘zi madrasasi binolarining hajmi bir-biridan baland. Shuningdek, minora majmuadan va hujra hajmidan baland ko‘tarilgan ark yoritgichli gumbaz bilan berkitilgan.

Ota Qo‘zi madrasasining umumiy majmuasi o‘z davrining binolariga monanddir. Majmuaning tashqa bezagida ham umumiylik mavjud bo‘lib, devor balandligi bo‘ylab vertikal qatorga saflangan dekorativ minoralar birlashadi. Shu bilan birga yodgorlik o‘zida Farg‘ona yeriga xos alohida xususiyatlarni jamlagan bo‘lib, o‘tmish yodgorligiga o‘zi xoslik bag‘ishlaydi.[3]

Keyinchalik

tahrir

Madrasa hududi 1971—75−yillarda taʼmirlanib, u yerga oʻlkashunoslik muzeyi joylashtirilgan.[4]

Rivoyat va afsonalar

tahrir

Xalqda Otaqoʻzi jo'e masjidi qad rostlagan joy bilan bog‘liq afsona saqlanib qolgan. Bu yerlarning hukmdori tush koʻradi. Goʻyo uning oldiga oddiy dehqon hukmdor yerlari orqali ekinlarini sug‘orish uchun ariq yotqizishni iltimos qilib kelgan. Hukmdor rad etadi va oʻsha kuni kechqurun momaqaldiroq chaqib, osmondan shunday suv oqimi tushdiki, hukmdorning barcha ekinlari nobud boʻladi. Ertalab hukmdor ko‘ribdiki, o‘sha dehqon yana bug‘doy ekish uchun hukmdorga bir necha tort va bir qop don olib kelibdi. Shunda hukmdor o‘z qaroridan uyaldi va o‘zi dehqonning mehribon qalbi uchun minnatdorchilik bildirish maqsadida uning yerlari orqali katta ariq yotqizishni buyurdi. Oradan bir necha yil o‘tib, namoz vaqtida hamma teng bo‘lgan bu kanal ustida masjid quriladi. Bo‘sh vaqtlarida esa masjid odamlarning qalblari dam oladigan, salqin sukunatda muloqot qiladigan maskanga aylanadi.[5]

Masjid imomi

tahrir
Bugungi kunda masjid imomi — Dehqonov Ahmadjon[6]
  1. https://lex.uz/ru/docs/-4543266
  2. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
  3. https://meros.uz/object/ota-kozi-madrasasi
  4. https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzME
  5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ota-Qo%CA%BBzi_Xo%CA%BBja_masjidi
  6. https://masjid.uz/andijon-v/146-paxtaobod-tumani/489-otaquzi-ota.html