Buxorov Otaqul1867-yili tug‘ilgan, Behbudiy rayoni Uzunnavo qishlog‘idan, o‘zbek, sobiq amirning amaldori — mirzaboshi, sobiq quloq. 1933-yili davlat majburiyatini bajarmagani uchun majburiy mehnatga hukm etilgan, hibsga olingunga qadar hech joyda ishlamagan, chayqovchilik bilan shug‘ullangan. Qishloqma-qishloq yurib chayqovchilik qilish jarayonida qishloq aholisi orasida aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik targ‘iboti olib borib, 1937-yili sovet hokimiyatining qulashini tashviqot qilib, bu haqsa muqaddas Qur’on aytmoqsa, o‘shanda kommunistlarning kallalari olinadi deb aytganlikda, kolxozchilarni kolxozdan chiqishga, agar ular o‘zlari uchun ishlaganlarida boyib ketardilar deb xalq dushmanlarini yoqlab chiqqanlikda ayblangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 91-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.