Oʻtemisov Saparbay Oʻtemis oʻgʻli (1943-yil 3-may, Toshkent viloyati, O'zbekiston SSR) – sovet va qozoq teatr aktyori[1]. Qozogʻiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1980). Janubiy Qozog‘iston viloyati faxriy fuqarosi.

Oʻtemisov Saparbay Oʻtemis oʻgʻli
Tavalludi 3-may 1943-yil (1943-05-03) (80 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi aktyor
Faoliyat yillari 1967—hozirgacha
Mukofotlari

Hayoti tahrir

Oʻtemisov Saparbay Oʻtemis oʻgʻli 1943-yil 3-mayda Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida tugʻilgan. Millati qozoq. Otasi – Primbetov Oʻtemis, vafot etgan, kolxozda faoliyat yuritgan. Onasi – Omarova Guljan, vafot etgan, kolxozda ishlagan.

1967-yilda Qurmangazi Sanʼat institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan. Rus va qozoq tillarida soʻzlasha oladi. 1960-yildan 1963-yilgacha Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi qozoq drama teatrida sahna xodimi boʻlib ishlagan. 1967-yildan hozirgacha J.Shanina nomidagi Janubiy Qozogʻiston viloyati musiqali drama teatrida aktyorlik qiladi.

Oilasi tahrir

Xotini – Sara Nigʻmetova (1941-yilda tugʻilgan) nafaqaxoʻr. Al-Farobiy nomidagi Madaniyat instituti katta oʻqituvchisi hamda J. Shanina nomidagi Janubiy Qozogʻiston viloyat qozoq drama teatri vokal oʻqituvchisi boʻlgan.

O'g'illari – Oʻtemis Qayrat Saparbay oʻgʻli (1966-yilda tugʻilgan), Oʻtemis Kanat Saparbay oʻgʻli (1976-yilda tugʻilgan).

Qizlari – Oʻtemis Togʻjon Saparbay qizi (1969-yilda tugʻilgan), Oʻtemis Aynur Saparbay qizi (1975-yilda tugʻilgan).

Mukofotlari tahrir

1980-yil – „Qozogʻiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni.

1989 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Faxriy yorliqlari.

„Mehnat faxriysi“ medali (SSSR).

„Mehnatdagi farqi uchun“ medali (SSSR).

2010-yil – Parasat ordeni.

„Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi xizmatlari uchun“ medali.

„Janubiy Qozogʻiston viloyati faxriy fuqarosi“

2016-yil – Janubiy Qozogʻiston viloyati hokimining maxsus mukofoti[2].

Manbalar tahrir

  1. „O'temisov Saparbay O'temis o'g'li“. www.ticketon.kz. Qaraldi: 1-noyabr 2023-yil.
  2. „25 известным деятелям культуры вручены специальные призы акима ЮКО“ (deadlink). 2018-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-oktyabr.