Bosit Oxunjonov
Bosit Aliyevich Oxunjonov (1923. 19.7, Toshkent — 2000.7.2) — xirurg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1990). Tibbiyot fanlari doktori (1979), professor (1981). Toshkent tibbiyot akademiyasi ni tugatgach (1949), aspirant (1949— 52), Toshkent tibbiyot akademiyasi pediatriya fakulteti gospi-tal xirurgiya kafedrasida assistent (1953—61), Travmatologiya va orTope-diya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1961—63), Toshkent tibbiyot akademiyasi pediatriya fakulteti xirurgiya kafedrasida dotsent (1964— 72), Toshkent tibbiyot pediatriya instituti xirurgiya kafedrasi mudiri (1972— 91), shu kafedrada professorkonsultant (1991—2000). Ilmiy ishlari oʻtkir ichak tutilishi masalalariga va jigar sirrozini uning faoliyatini kuchay-tiruvchi omillardan foydalangan holda jarrohlik yoʻli bilan davolashga oid.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |