Oybek Abdushukurov
Oybek Abdushukurov Abdurashidovich - oʻzbek prodyuseri.
Hayoti
tahrirOybek Abdushukurov 1985 yil 14 yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan.[1] Otasi — Irmuxamedov Abdurashid, onasi: Asatova Naima. Oybek Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 9-sonli oʻrta maktabni, Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi akademik litseyni tamomlagan.
2003-2007 yillarda Oʻzbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetida oʻqigan.
Mehnat faoliyati:
tahrir2005 −2007 yillar — "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati „Bunyodkor“ yoshlar teleklubi muharriri.
2007-2008 yillar — "Paxtakor" futbol klubi Xalqaro aloqalar boʻlimi mutaxassisi.
2008-2010 yillar — "Bunyodkor" futbol klubi Tashkiliy boʻlimi boshligʻi.
2010-2012 yillar — „Kristal media“ MChJ direktori.
2012-2013 yillar — „Catalea group“ bosh prodyuseri.
2014-2017yillar — „HD Cinema“ bosh prodyuseri.
2017 yil apreldan Kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori.
Prodyuserligidagi filmlar:
tahrir1. "Endi dadam boʻydoq" (2012) — MTV tanlovida „Yilning eng yaxshi filmi.
2. “Uchrashuv" (2013).
3. "Geolog silnee smerti" (2014) - Yilning eng yaxshi filmi.
4. "Bereg mira" (2015) — qisqa metrajli film — Oʻzbekistonda tashkil etiladigan „PROlogue“ qisqa metrajli filmlar festivalida gʻolib boʻlgan (2016).
5. "Ona" (2017) qisqa metrajli film — Film muvaffaqiyatga erishgan. „Ona“ bir necha xalqaro festivallarda, jumladan, 2017 yil 17-28 may kunlari Short Film Corner Festival de Cannes, 10-18 iyun kunlari Cyprus International Film Festival (Wayback Machine saytida 2018-02-20 sanasida arxivlangan), 22-28 iyul kunlari XIII Eurasia international film festival (Wayback Machine saytida 2018-02-24 sanasida arxivlangan) (Astana), 17-21 avgust unlari 9- International Inter University Short Film Festival-IIUSFF (Dakka), 24-30 sentyabr kunlari BALINALE — Bali xalqaro kinofestivalida ishtirok etgan.[2]
6. Welcome to Bukhara imidjli promo-rolik — mazkur rolik Oʻzbekistonning turistik salohiyatini targʻib qilish, qadimiy shaharlarga turislarni jalb etish va oʻzbekistonliklarning mehmondoʻstligini, samimiy va ochiq chehrasini koʻrsatishga qaratilgan.[3]