Oybek uy-muzeyi — adabiy memorial muzey. Oybek yashagan va ishlagan (1940-68) uyda 1980-yil ochilgan va muzey hovlisida yozuvchiga haykal (meʼmori T.Jalolova,  hayk.  I.Klinitskiy) oʻrnatilgan.  2005 yilda Oybek tavalludining 100 yilligi munosabati bilan muzey ekspozitsiyasi yangilangan.  Ekspozitsiya adabiy va memorial qismdan iborat. Adabiy qismda „Kirish“, „Bolalik“, „Qutlugʻqon“, „Navoiy“, „Abadiyat va umr“  deb  nomlangan 5 ta asosiy zal,  ish  kabineti va  Saidnosir  otaga bagʻishlangan  boʻlim  bor. Memorial qism esa mehmonxona, ish kabineti, kutubxona, yotoqxona va muzey fondi saqlanadigan xonalarni tashkil etadi. Muzeyda 10 mingdan ortiq eksponat saqlanadi. Ular, asosan, qoʻlyozmalar, fotosuratlar,  uy jihozlari, turli sanʼat asarlari va buyum lardan iborat.  2008 yilda muzeyni 5000 ga yaqin kishi kirib koʻrdi.

Ushbu maqola muzey haqidadir. Oybek soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.
Muzey tashqi koʻrinishi
Muzey ichki koʻrinishi

Adabiyotlar

tahrir

Toshkent. Ensiklopediya. „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat milliy nashriyoti. Toshkent. 2009. — s. 784 (Wayback Machine saytida 2020-02-23 sanasida arxivlangan)

Havolar

tahrir

Oybek uy-muzeyi. (Wayback Machine saytida 2022-03-29 sanasida arxivlangan) Meros.uz