Oyga qarab turgan bola (shved. Pojke som tittar på månen) yoki Temir bola (shved. Järnpojken) — Stokgolmning eski shahridagi yodgorlik. Tizzalarini quchoqlab oʻtirgan bolani tasvirlangan. Haykaltarosh Liss Eriksson tomonidan yaratilgan va 1967-yilda oʻrnatilgan yodgorlik Shvetsiyadagi eng kichik yodgorlik boʻldi. Uning balandligi 15 sm[1]. Bundan tashqari, u xalqona Ulle (Olle) taxallusi bilan ham tanilgan.

Yodgorlik qumtosh va temirdan yasalgan. Bola ancha keng poydevorda joylashgan karavotda oʻtiribdi. U 1954-yilda Liss Eriksson tomonidan yasalgan boʻlib, haykaltaroshning uyqusiz tunlarda karavotida oʻtirib, deraza tashqarisidagi oyga qaragan bolaligidagi xotiralarini aks ettiradi.

Yodgorlik Fin cherkovi (Finska kyrkan) binosi orqasidagi hovlida joylashgan boʻlib, har doim ham shahar yoʻriqnomalarida eslatib oʻtilmaydi, lekin doim sayyohlar bilan gavjum. Agar siz bolaning boshini silasangiz, bu omad keltiradi va istakni amalga oshirishga yordam beradi, deb ishoniladi. Shu sababli koʻp qoʻl tekkanidan bolaning boshi yaltiroq tusga kirib qolgan. Yodgorlik poydevoriga tangalar yoki shirinliklar tashlanadi, qishda esa yodgorlikning oʻzi koʻpincha temir bola uchun maxsus toʻqilgan shlyapa va sharflar bilan oʻrab qoʻyiladi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Britt Peruzzi. Järnpojken — en riktig turgubbe…
  2. „Konst i Gamla stan“. gamla-stan-stockholm.se (2006). 2013-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 16-fevral.

Havolalar

tahrir