Oyshaxon Yoʻldosheva
mexanizator, Sotsialistik Mehnat Qahramoni
Oyshaxon Yoʻldosheva (1930-yil, Oʻzbekiston tumani, Fargʻona viloyati — ?) — mexanizator, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949), KPSS aʼzosi (1952)[1].
Oyshaxon Yoʻldosheva | |
---|---|
Tavalludi |
1930-yil |
Vafoti | nomaʼlum |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | Qishloq xoʻjaligi xodimi, mexanizator |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrirOyshaxon Yoʻldosheva 1930-yil Oʻzbekiston tumanida tavallud topgan. Yoʻldosheva 1943—1964-yillari Oʻzbekiston tumanidagi Lenin nomli kolxozda yoshlar va komsomol yoshlar brigadasiga boshchilik qilgan. 1964-yildan tumandagi Mingtut qishloq soveti raisi boʻlib ishlagan. 1969-yilda Toshkent Qishloq xoʻjalik institutini tugatgan. 1949-yili Yoʻldosheva boshliq brigada har gektardan 832 sentnerdan qand lavlagi yetishtirgan. Lenin ordeni, 2 marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzSE 1974, s. 221
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, V tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1974 — 640-bet.