Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi

Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi (ozarbayjoncha: Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət Nazirliyi) — Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi Ozarbayjon madaniyati faoliyatini tartibga solish va targʻib qilish boʻyicha davlat idorasi. Vazirlikni Anar Karimov boshqaradi[1].

Ozarbayjon Respublkasi Madaniyat vazirligi
Maqomi amalda
Ishga tushgan sanasi 1-may 1953-yil
Joylashuvi Azadliq Avenue 1, Boku shahri, Ozarbayjon
Hududiy xizmati Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Nazir Anar Karimov
Vebsayti www.culture.gov.az
Til(lar)i ozarbayjon tili

Umumiy maʼlumot tahrir

Mamlakat poytaxti - Bokuda joylashgan vazirlik asosan davlat byudjetidan moliyalashtiriladi. Prezident tomonidan tasdiqlangan Vazirlik toʻgʻrisidagi Nizom ushbu davlat organining asosiy yqnalishlari, vazifalari, huquqlari va faoliyatini tashkil etishni belgilaydi.

Ozarbayjon Madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi muassasalar tarkibiga 28 ta teatr, 6308 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar, 1 ta sirk va 12 ta konsert markazlari, 3985 ta kutubxonalar, 2708 ta klublar, 189 ta muzeylar (filiallari bilan), 234 ta bolalar musiqa maktablari, rassomlik maktablari, 33 ta sanʼat galereyasi va koʻrgazma zali, 21 ta davlat qoʻriqxonasi, 60 ta madaniyat va istirohat bogʻi, 1 hayvonot bogʻi, madaniyat boʻyicha ilmiy-uslubiy markaz, 4 ta dam olish markazi, 6 ta iqtisodiy tashkilot, 7 ta kinostudiya studiyalari, 134 shahar va tuman kinoteatrlari, Film Jamgʻarma (Naxchivan filiali bilan birgalikda), Respublika kutubxona kolleji, gazeta (Madaniyat), ikkita jurnal („Madaniy-maʼrifiy“ va „Oyna“), Davlat turizm instituti, Boku xoreografiya maktabi, Madaniyat xodimlarini rivojlantirish markazi, Mingachevir turizm kolleji, Milliy pazandalik markazi, 62 shahar va oʻnta madaniyat va sayyohlik boʻlimlari, Naxchivan Avtonom Respublikasi Madaniyat va Turizm Vazirligi, Boku, Ganja, Sumgayit turizm boʻlimlari, Sheki Ot sporti markazi, Boku turizm axborot markazi, Lankaran bolalar oromgohi kiradi[2][3].

Vazirlik Yevropa, Osiyo va Islom davlatlari, AQSh, shuningdek Lotin Amerikasi bilan vazirlikning davlatlararo kelishuvlariga muvofiq xalqaro madaniy dasturlarni amalga oshiradi. Shu bilan birga u Ozarbayjon madaniyatini BMT, GUAM, Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, Islom konferensiyasi tashkiloti, UNESCO, Butunjahon sayyohlik tashkiloti, TURKSOY, ISESCO va boshqa xalqaro tashkilotlar orqali targʻib qiladi. Ozarbayjonda jahon madaniy qadriyatlari sohada muhim dasturlarni amalga oshiradi[4][5][6].

Tarixi tahrir

Vazirlik 1953-yil may oyida boy ozarbayjon madaniyati va sanʼatini asrash, rivojlantirish, targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan. Agentlikning tarkibiga mahalliy va xalqaro madaniy dasturlarni, loyihalarni amalga oshirish va turli mamlakatlarda tadbirlar oʻtkazish kiradi. Maqsadlar tarixiy yodgorliklar va koʻchmas mulkni saqlash va muhofaza qilish, ularni yangilash va ulardan foydalanish, kutubxonalar va muzeylarni modernizatsiya qilish, ozarbayjon folklorini himoya qilish va targʻib qilish, madaniy klublar, dam olish maskanlari va istirohat bogʻlarini rivojlantirish, turizmni jonlantirish, teatr, musiqa va sanʼatning boshqa turlari, kino va kitob nashrlarini jonlantirish va boshqalarni oʻz ichiga oladi[7].

Manbalar tahrir

  1. „CIA. Chiefs of State and Cabinet Members of Foreign Governments“. 28-may 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2010-yil. (Wayback Machine saytida 28-may 2010-yil sanasida arxivlangan)
  2. „Official website“.
  3. „The Ministry Of Culture And Tourism Of Republic Of Azerbaijan“.
  4. „AZERBAIJAN AND UNESCO“. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2019-yil. (Wayback Machine saytida 12-iyun 2018-yil sanasida arxivlangan)
  5. „Azerbaijan Minister of Culture and Tourism receives ISESCO Director General“. 21-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-oktabr 2020-yil.
  6. „British Council and Azerbaijan Ministry of Culture signed a five-year Letter of Intent to deepen their collaboration in the areas of Creative Industry, Crafts Sector, and Inclusive Arts.“. 2019-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2019-yil. (Wayback Machine saytida 21-fevral 2019-yil sanasida arxivlangan)
  7. „Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi“ [Ministry of Culture and Tourism]. 13-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2010-yil. (Wayback Machine saytida 13-iyun 2011-yil sanasida arxivlangan)