Ozarbayjon Respublikasi Soliqlar vazirligi
Ozarbayjon Respublikasi Soliqlar vazirligi (ozarbayjoncha: Azərbaycan Dövlət Vergi Xidməti ) – davlat soliq siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydigan, davlat byudjetiga soliqlar va boshqa tushumlarning oʻz vaqtida toʻliq yigʻilishini amalga oshiradigan hamda Ozarbayjon Respublikasida amalga oshirilayotgan yagona moliya, byudjet siyosati doirasida davlat nazoratini amalga oshiradigan markaziy ijro etuvchi organdir.
Maqomi | amalda |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 11-fevral, 2000-yil |
Joylashuvi | 16 Landau koʻchasi, Boku shahri, Ozarbayjon |
Hududiy xizmati | Ozarbayjon |
Nazir | Sahir Mammadkhanov[1] |
Vebsayti | www.taxes.gov.az |
Til(lar)i | ozarbayjon tili |
Tarixi
tahrirOzarbayjon Demokratik Respublikasi Moliya vazirligi huzurida birinchi soliq inspektsiyasi parlamentning 1919-yil 17-iyundagi qarori bilan tashkil etilgan. Shu vaqtdan boshlab soliq xizmati oʻz faoliyatini boshlagan.
1920-yildan 1991-yilgacha Ozarbayjonda soliq masalalari Sovet Ittifoqi soliq tizimining bir qismiga aylandi.
1990-yil iyul oyida mustaqillik tiklangandan keyin, Ozarbayjon Respublikasida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq yigʻilishini taʼminlash, yuridik va jismoniy shaxslarning soliq qonunchiligi va davlat narxlari intizomiga rioya etilishini nazorat qilish uchun Ozarbayjon Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida Soliq xizmati tashkil etildi.
1991-yil oktabr oyida Soliq xizmati soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirish, ushbu sohada davlat soliq xizmatining rolini kuchaytirish va uning mustaqil faoliyati va nazoratining obyektivligini taʼminlash maqsadida Moliya vazirligidan ajralib chiqdi. Natijada Ozarbayjon Respublikasining mustaqil organi – Davlat soliq inspektsiyasi tashkil etildi.
Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining 2000-yil 11-fevraldagi farmoni bilan Bosh davlat soliq inspektsiyasi bekor qilindi va tegishli davlat soliq siyosatini taʼminlash, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirish uchun Soliqlar vazirligi tashkil etildi[2].
2019-yil 23-oktabrda Ozarbayjon Prezidentining Iqtisodiyot vazirligi funksiyalari va tuzilmasini kengaytirish toʻgʻrisidagi farmoniga asosan respublika Iqtisodiyot vazirligi huzurida Davlat soliq xizmati tashkil etildi[3].
Xalqaro reytinglar
tahrirJahon banki tomonidan ishlab chiqilgan ishbilarmonlik muhiti bahosini aks ettiruvchi „Doing Business 2019“ da Ozarbayjon 190 mamlakat orasida 25-oʻrinni egallab turibdi. „Doing Business 2019“ mamlakatda „Boshlangʻich biznes“[4] va „Soliqlarni toʻlash“[5] koʻrsatkichlari orqali amalga oshirilgan soliq islohotlarini baholadi. Ozarbayjon „Boshlangʻich biznes“ koʻrsatkichi boʻyicha oʻz reytingini 18 dan 9 gacha yaxshiladi, shuningdek „Soliqlarni toʻlash“ koʻrsatkichi boʻyicha 35-oʻrindan 28-oʻringa koʻtarildi. „Boshlangʻich biznes“ koʻrsatkichi boʻyicha 2015-yil 12, 2016-yil 7, 2017-yil esa 5 -oʻrinni egallagan. Eng yuqori koʻrsatkichi 2017-yildagi 5-oʻrindir.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Məmmədxanov Sahir Polad oğlu“. Taxes.Gov.Az.. 2019-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-dekabr.(Wayback Machine saytida 2019-09-28 sanasida arxivlangan)
- ↑ „«Azərbaycan Respublikası Vergilər Nazirliyinin yaradılması haqqında» Azərbaycan Respublikası Prezidentinin 11 fevral 2000-ci il tarixli 281 N-li Fərmanı“ (en). Taxes.Gov.Az. Qaraldi: 2019-yil 17-aprel.
- ↑ „Decree of the President of the Republic of Azerbaijan on expanding the functions and structure of the Ministry of Economy“.
- ↑ „Methodology for Starting a Business“ (en). World Bank. Qaraldi: 2019-yil 30-mart.
- ↑ „Methodology for Paying Taxes“ (en). World Bank. Qaraldi: 2019-yil 30-mart.