Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari

Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari – Ozarbayjon Respublikasida joylashgan ommaviy axborot vositalarini anglatadi. Televideniye, jurnallar va gazetalar davlat hamda notijorat korporatsiyalari tomonidan boshqariladi. Ular reklama, obuna va boshqa savdo bilan bogʻliq daromadlar hisobiga faoliyat yuritadi.

Tarixi

tahrir
 
"Ekinchi" gazetasining birinchi soni

Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari va matbuoti tarixi bir necha bosqichlardan iborat[1]: 1832-yildan boshlanib, 1917-yilgacha davom etgan chor Rossiyasi hukmronligi ostida nashr etilgan matbuot, 1918—1920-yillarda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davridagi matbuot, 1920-yildan 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi davridagi matbuot, muhojirlik matbuoti va mustaqillikdan hozirgi kungacha boʻlgan matbuot[2].

Qonunchilik bazasi

tahrir

Soʻz erkinligi va axborotdan foydalanish boʻyicha qonunchilik bazasiga Ozarbayjon Konstitutsiyasi, Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonun va Axborot olish huquqi toʻgʻrisidagi qonun kiradi.

Ommaviy axborot vositalari

tahrir

Ozarbayjonda bosma va radioeshittirish ommaviy axborot vositalari asosan davlatga tegishli yoki hukumat tomonidan subsidiyalanadi. Mulkchilikning shaffofligi qonun bilan taʼminlangan. Ozarbayjonda 9 ta milliy telekanal, 12 dan ortiq mintaqaviy telekanal, 25 ta radiokanal, 30 dan ortiq kundalik gazetalar mavjud[3].

Bosma nashr vositalari

tahrir

Ozarbayjonda rasman 3500 ta matbuot roʻyxati qayd etilgan. Ularning aksariyati ozarbayjon tilida nashr etilgan. Qolgan 130 tasi rus (70), ingliz[4] (50) va boshqa tillarda (turk, fransuz, nemis, arab, fors, arman va boshqalar) nashr etilgan[5].

Manbalar

tahrir
  1. „Stages in Azerbaijani Press“. — „The Azerbaijani press has gone through the following phases: - Newspapers and magazines published under tsarist Russian rule (1832-1917); - Printed organs published during the Azerbaijani Democratic Republic (1918-1920); - Printed publications of the Soviet era (1920-1991); - Emigrants’ press; - Publications printed since the restoration of independence (from 1991 to the present).“.
  2. Akif, Aşırlı. Azərbaycan mətbuatı tarixi. Baku: Elm və Təhsil, 2009 — 11, 12-bet. „Mətbuat tariximizin dövriləşmə konsepsiyasına daha dəqiq və geniş yanaşmanı BDU-nun tarix və ideoloji iş metodları kafedrasının tədris proqramında görmək mümkündür. Beş mərhələdən ibarət olan mətbuat tarixinin xronoloji çərçivəsi bu şəkildə müəyyənləşdirilib: 1. "Əkinçi"yə qədərki hazırlıq dövrü. 2. Azərbaycan milli mətbuatının və jurnalistika sisteminin yaranması(1875-1917) 3. AXC dövrü mətbuatı və jurnalistikası (1918-1920) 4. Sovet dövrü Azərbaycan jurnalistikası (1920-1991) 5. Müasir Azərbaycan jurnalistikası (1991 - hazırkı dövrədək)“ 
  3. „List of Media Outlets in Azerbaijan“. 2017-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „English-language Media in Azerbaijan - Azerbaijan - Angloinfo“ (en). Angloinfo. Qaraldi: 2017-yil 17-may.
  5. „List of newspapers in Azerbaijan“. 2020-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-iyun.