Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash
Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash — bu oziq-ovqat mahsulotlari uchun maxsus ishlab chiqilgan qadoqlash tizimi bo‘lib, oziq-ovqat sanoatidagi eng muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. U mahsulotlarni kimyoviy, biologik va fizik o‘zgarishlardan himoya qiladi[1]. Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashning asosiy maqsadi iste’molchilar va sanoat tarmoqlarining ehtiyojlari va umidlarini qondirgan holda oziq-ovqat mahsulotlarini himoyalash va yetkazib berishning qulay usulini maqbul narxda ta’minlashdir[1]. Bundan tashqari, qadoqlash tizimini loyihalashda barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish, saqlash muddatini uzaytirish kabi dolzarb tendensiyalar asta-sekin eng muhim jihatlardan biriga aylandi[2].
Tarixi
tahrirTosh davridan to sanoat inqilobigacha bo‘lgan davrda oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash texnologiyasi va uning qo‘llanilishida katta o‘zgarishlar yuz berdi:
Miloddan avvalgi 7000-yillar: miloddan avvalgi 1500-yillardagi sanoatlashgan kulolchilik va shisha ishlab chiqarishda qadoqlash yoʻlga qoʻyildi[3].
1700-yillar: Tunuka list ishlab chiqarish birinchi marta Angliyada (1699-yilda) va Fransiyada (1720-yilda) yo‘lga qo‘yildi. Keyinchalik, Gollandiya harbiy-dengiz floti oziq-ovqat mahsulotlarining saqlash muddatini uzaytirish maqsadida shunday qadoqdan foydalanishni boshlaydi.
1804-yil: Nicolas Appert fransuz armiyasi uchun oziq-ovqatning saqlanish muddatini uzaytirish bo‘yicha so‘rovlarga javoban, oziq-ovqatga issiqlik bilan ishlov berish usulini qo‘llagan holda shisha idishlardan foydalangan. Bu sohada shisha idishlar o‘rnini keyinchalik metall bankalar egalladi[4]. Biroq, oziq-ovqat qadoqlash uchun tunuka listlardan foydalanishni birinchi bo‘lib kim joriy etganligi haqidagi bahs-munozaralar hamon davom etmoqda.
1870-yil: Qogʻoz kartondan foydalanish yoʻlga qoʻyildi va gofrirovka qilingan materiallar patentlandi[5].
1880-yillar: Quaker Oats kompaniyasi tomonidan birinchi marta yigʻiladigan qutida don mahsuloti qadoqlangan[6].
1890-yillar: William Painter tomonidan shisha butilkalar uchun qopqoq patentlangan[7].
1960-yillar: Qoʻshma Shtatlarda ikki qismli metall konservalar, konserva bankasini ochuvchi halqali ochqich va Tetra Brik Aseptic karton qadogʻi ishlab chiqildi[8].
1970-yillar: Chakana savdo va ishlab chiqarish sanoatida shtrix-kod tizimi joriy etildi. Ichimlik sanoatida keng qoʻllanadigan PET plastik butilkalar texnologiyasi joriy etildi[9].
1990-yillar: Oziq-ovqatlarni qadoqlashda raqamli chop etish texnologiyasini qoʻllash keng qoʻllanila boshlandi.
Garchi uni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan materiallar (sellyuloza nitrat, stirol va vinil xlorid kabi) 1800-yillarda kashf etilgan bo‘lsa-da, plastik qadoqlash birinchi marta Ikkinchi jahon urushi davrida qo‘llanilgan[10].
Funksiyalari
tahrirQadoqlash va qadoq etiketkasi bir nechta vazifalarni bajaradi[11][12]:
- jismoniy himoya;
- tashqi muhitdan himoya;
- alohida saqlash yoki birlashtirish;
- maʼlumot berish;
- marketing[13].
- xavfsizlik;
- qulaylik;
- porsiya nazorati.
Turlari
tahrirQadoqlash dizayni turli xil qadoq va idishlarning vazifasiga, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va ularning xususiyatlariga qarab sezilarli darajada farq qilishi mumkin, masalan[14]:
Qadoqlash | Turi | Oziq-ovqatlar | Materiallar |
---|---|---|---|
Aseptik qadoqlash | Asosiy | Suyuq butun tuxumlar yoki sut mahsulotlari | Polimerlar, koʻp qatlamli qadoqlash |
Patnislar | Asosiy | Baliq, goʻsht, mevalar, sabzavotlar, shirinliklar va yarimfabrikat oziq-ovqatlarning porsiyasi | Polimerlar, kartonlar, biopolimerlar |
Paketlar | Asosiy | Kartoshka chipslari, olmalar, quritilgan mevalar, guruch, gazaklar | Metalllashtirilgan polimerlar, polimerlar, koʻp qatlamli qadoqlash |
Konserva bankalari | Asosiy | Pomidor shoʻrvasi, loviya, qizil ikra, tunets baligʻi va qisqichbaqalar konservasi | Alyuminiy, qalay, zanglamaydigan poʻlat |
Kartonlar | Asosiy | Tuxum, sut va meva sharbatlari karton qutilari | Koʻp qatlamli qadoqlash, qoplama qog‘oz |
Moslashuvchan qadoqlar | Asosiy | Qadoqlangan salat, kartoshka chipslari, shirinliklar va konfetlar | Polimer, biopolimer |
Qutilar | Ikkilamchi | Yorma kartonlari, muzlatilgan pitsalar qutilari | Kartonlar |
Yuk qutilari | Uchlamchi | Ishlab chiqarish zavodidan tarqatish markaziga tashish uchun ishlatiladigan bitta yuk tashuvchi qurilmadagi bir nechta qutilar | Gofrokarton, yogʻoch yuk qutilari |
Oʻramlar | Uchlamchi | Yuk tashuvchi qurilmadagi qutilarni oʻrash uchun ishlatiladi | Polimer, koʻp qatlamli qadoqlash |
Deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlari qandaydir koʻrinishda qadoqlanganligi sababli, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash ham asosiy, ham keng tarqalgan amaliyotdir. Bundan tashqari, u brendlarni yaratish va standartlashtirish imkoniyatini berish orqali sezilarli reklama, keng tarqatish va ommaviy savdoni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Shu sababli, qadoqlashning turli xillari (yoki darajalari) o‘rtasidagi farqni aniqlab olish zarur.
Birlamchi qadoqlash
tahrirBirlamchi qadoqlash oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqada boʻlib, ular uchun ideal muhitni yaratadi va tashqi oʻzgarishlardan himoya qiladi. Bundan tashqari, chakana qadoqlash yoki birlamchi qadoqlash oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashning marketing jihatlari uchun javobgardir. Odatda, birlamchi darajada ishlatiladigan qadoqlash materiallari karton qutilar, plastik patnislar, shisha butilkalar va koʻp qatlamli tuzilmani (Tetra Pak) oʻz ichiga oladi.
Ikkilamchi qadoqlash
tahrirIkkilamchi qadoqlash odatda gofrokartondan tayyorlangan bir qutiga bir nechta paketlarni solishni oʻz ichiga oladi. Shunday qilib, ikkilamchi qadoq asosiy paketlar uchun tarqatuvchi, tashuvchi sifatida xizmat qilib, tashishni osonlashtiradi. Ba’zan u chakana savdo do‘konlari yoki supermarketlarda asosiy tovarlarni ko‘rsatish uchun yordamchi vosita sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Uchlamchi qadoqlash
tahrirUchlamchi qadoqlash deb nomlanuvchi eng tashqi oʻram birlamchi va ikkilamchi oʻramlarni xavfsiz tarzda tashish, saqlash va tarqatishni osonlashtiradi, bu esa mahsulotni qoʻshimcha himoya qilishni taʼminlaydi va katta miqdordagi materiallarni oson tashish imkonini ham yaratadi[15].
Galereya
tahrir-
Qopchaga solingan tort uchun aralashma
-
Pechenye komponentlari: plastik butilkalar, qogʻoz paketlar
-
Koʻp miqdordagi oʻsimlik moyini saqlash uchun idish
-
Supermarketdagi muzlatilgan, yarimfabrikat oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan muzlatgich
-
Qutidagi qopchalar; vino qutisi
-
Sutning shisha butilkasi va karton qutisi
-
Ipak choy paketi
-
Burlap qoplaridagi kofe donalari
-
Bushel meva savatlari
-
Choy idishi
-
Yorma kartonlari
-
Ichimlik qutilari
-
Qadoqlangan olma
-
Plastik oʻram bilan oʻralgan patnisdagi yangi baliq
-
Plastik oʻram bilan oʻralgan muzlatilgan choʻchqa goʻshti
-
Ziravorlar va taʼm beruvchilar
-
Oson ochiladigan alyuminiy konserva bankasi
-
Dip & Squeeze ketchup idishi
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Marsh, Kenneth; Bugusu, Betty (2007-yil aprel). „Food Packaging?Roles, Materials, and Environmental Issues“. Journal of Food Science. 72-jild, № 3. R39–R55-bet. doi:10.1111/j.1750-3841.2007.00301.x. PMID 17995809.
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|date=
(yordam) - ↑ Licciardello, Fabio (4-may 2017-yil). „Packaging, blessing in disguise. Review on its diverse contribution to food sustainability“. Trends in Food Science & Technology. 65-jild, № 65. 32–39-bet. doi:10.1016/J.TIFS.2017.05.003.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „A Brief History of Packaging“. ufdc.ufl.edu. Qaraldi: 22-may 2019-yil.
- ↑ Encyclopedia of food science and technology., Francis, F. J. (Frederick John), 1921-, 2nd., New York: Wiley, 2000. ISBN 0471192856. OCLC 41143092.
- ↑ Bi, Liu Ju (2012-yil iyun). „Research on Corrugated Cardboard and its Application“. Advanced Materials Research. 535–537-jild. 2171–2176-bet. doi:10.4028/www.scientific.net/AMR.535-537.2171. ISSN 1662-8985.
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|date=
(yordam) - ↑ Hine, Thomas, 1947-. The total package : the evolution and secret meanings of boxes, bottles, cans, and tubes, 1st, Boston: Little, Brown, 1995. ISBN 0316364800. OCLC 31288019.
- ↑ Opie, Robert, 1947-. Packaging source book.. Macdonald Orbis, 1989. ISBN 0356176657. OCLC 19776457.
- ↑ Arvanitoyannis, IS (2005). „Food packaging technology. Edited by R Coles, D McDowell and MJ Kirwan. Blackwell Publishing, CRC Press, Oxford, 2003. 346 pp ISBN 0-8493-9788-X“. Journal of the Science of Food and Agriculture. 85-jild, № 6. 1072-bet. doi:10.1002/jsfa.2089. ISSN 0022-5142.
- ↑ Arvanitoyannis, Is (30-aprel 2005-yil). „Food packaging technology. Edited by R Coles, D McDowell and MJ Kirwan. Blackwell Publishing, CRC Press, Oxford, 2003. 346 pp ISBN 0-849-39788-X“. Journal of the Science of Food and Agriculture. 85-jild, № 6. 1072-bet. doi:10.1002/jsfa.2089. ISSN 0022-5142.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Risch, Sara J. (23-sentabr 2009-yil). „Food Packaging History and Innovations“. Journal of Agricultural and Food Chemistry. 57-jild, № 18. 8089–8092-bet. doi:10.1021/jf900040r. ISSN 0021-8561. PMID 19719135.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Bix, L; Nora Rifon; Hugh Lockhart; Javier de la Fuente (2003). "The Packaging Matrix: Linking Package Design Criteria to the Marketing Mix". IDS Packaging. Archived from the original on 2008-12-17. https://web.archive.org/web/20081217145338/http://www.idspackaging.com/Common/Paper/Paper_47/PdfImge.pdf. Qaraldi: 11 December 2008.
- ↑ Marsh, K (2007). „Food Packaging—Roles, Materials, and Environmental Issues“. Journal of Food Science. 72-jild, № 3. 39–54-bet. doi:10.1111/j.1750-3841.2007.00301.x. PMID 17995809. 2021-11-03da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 21 September 2018.
- ↑ „Importance of Product Packaging in Marketing“.
- ↑ Shaw. „Food Packaging: 9 Types and Differences Explained“. Assemblies Unlimited (16-fevral 2013-yil). Qaraldi: 19-iyun 2015-yil.
- ↑ Khan, Amaltas „Closing the Loop: 'Systems Perspective' for the Design of Food Packaging to Facilitate Material Recovery“, . Research into Design for Communities, Volumzkdzle 2, Smart Innovation, Systems and Technologies, 2017 — 349–359-bet. DOI:10.1007/978-981-10-3521-0_30. ISBN 978-981-10-3520-3.
Havolalar
tahrir- „Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash — vazifalari, materiallar va atrof-muhit muammolari — IFT.org“. www.ift.org. Qaraldi: 3-dekabr 2018-yil.
- Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash uchun poli(gidroksialkanoatlar)