Ozoda Abdurahmonovna Shukurova (1936.30.10, Qibray tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1958). 1958—96 yillarda Qibray tumanidagi 25 maktabda mat. oʻqituvchisi, maktab oʻquv boʻlimi mudiri, direktori. Ish faoliyatida maktab moddiytexnika bazasini mustahkamlashda faol qatnashdi, maktab tarixi muzeyi va namunali harbiy taʼlim xonasini tashkil etdi.