Pablo Andres Salazar Sánchez (talaffuzi: Pablo Andres Salazar Sanches) — 1982-yil 21-noyabrda Kosta-Rikada tugʻilgan. „Herediano“ klubi va Kosta-Rika terma jamoasi himoyachisi. 2004-yilgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Pablo Salazar
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pablo Andres Salazar Sánchez
Tavallud sanasi 21-noyabr 1982-yil (1982-11-21) (42 yosh)
Tavallud joyi San José, Costa Rica
Boʻyi 1.78
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Herediano
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Alajuelense
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2003 Santa Barbara 7 (2)
2003—2006 Cartaginés 49 (0)
2006—2008 Alajuelense 50 (3)
2008—2010 Municipal Liberia 42 (0)
2010—2011 Universidad de Costa Rica 21 (1)
2011—2015 Herediano 93 (10)
2015—2016 Mérida 19 (0)
2016—2019 Herediano 132 (13)
Milliy terma jamoa
2005—2014 Costa Rica 6 (0)
Boshqargan klublari
2019— Herediano
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati

tahrir

2002-yilda Pablo Salazar faoliyatini „Santa Barbara“ safida boshlagan. Debyut mavsumi tugagandan soʻng, u Kosta-Rika chempionatida debyutini oʻtkazgan „Kartagina“ klubiga koʻchib oʻtgan. 2006-yilda Pablo Salazar „Alajuelense“ bilan shartnoma imzolagan. 2008-yilda Pablo Salazar „Municipal Liberia“ klubiga koʻchib oʻtgan va u yerda bir yil oʻtib chempionlikni qoʻlga kiritgan. 2010-yilda Pablo Salazar „Universidad de Costa Rica“ klubiga qoʻshilgan. 25-iyul kuni „Peres Seledon“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[1]. 2011-yilning 9-fevralida „San Carlos“ klubiga qarshi bahsda Pablo Salazar „Universidad de Costa Rica“ safida birinchi golini urgan[2]. Oʻsha yilning yozida Pablo Salazar „Herediano“ klubiga koʻchib oʻtgan. 31-iyul kuni „Puntarenas“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qilgan[3]. 18-sentabr kuni „San Carlos“ga qarshi kechgan bahsda Pablo Salazar „Herediano“ uchun birinchi golini urgan[4]. 2012-yilda u ikkinchi marta mamlakat chempioni boʻlgan.

2015-yil boshida Pablo Salazar meksikaning „Venados“ klubiga ijara asosida oʻtgan. 14-fevral kuni „Atlético San Luis“ klubiga qarshi oʻyinda u Liga Assensoda debyut qilgan[5]. Ijara muddati tugagach, Pablo Salazar „Herediano“ga qaytgan va yana ikki marta mamlakat chempioniga aylangan.

Xalqaro faoliyati

tahrir

2001-yilda Kosta-Rika yoshlar terma jamoasi tarkibida Pablo Salazar Argentinada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[6][7]. 2004-yilda milliy terma jamoa tarkibida Pablo Salazar Afinadagi Olimpiya oʻyinlariga yoʻl olgan[8][9]. Turnirda u Marokash, Iroq, Portugaliya, Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushib, jamoaning 1/4 finalga chiqishiga yordam bergan.

2005-yil 9-noyabrda Kosta-Rika terma jamoasi safida Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan[10].

2013-yilda Pablo Salazar Markaziy Amerika kubogi gʻolibiga aylangan[11][12]. Turnirda u Nikaragua, Gvatemala, Salvador va Gonduras terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda qatnashgan[13][14].

2014-yilda Pablo Salazar ikkinchi marta Markaziy Amerika kubogini qoʻlga kiritgan[15]. Turnirda u Gvatemala jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.

Statistikasi

tahrir
Jamoa Mamlakat Mavsum
AD Barbareña   Kosta Rika 2002—2003
Club Sport Cartaginés   Kosta Rika 2003—2006
Liga Deportiva Alajuelense   Kosta Rika 2006—2008
Municipal Liberia   Kosta Rika 2008—2010
UCR   Kosta Rika 2010—2011
Club Sport Herediano   Kosta Rika 2011—2014
Club de Fútbol Mérida   Meksika 2015
Club Sport Herediano   Kosta Rika 2016—2019

Manbalar

tahrir
  1. „Перес-Селедон VS. Универсидад де Коста-Рика 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (25-iyul 2010-yil). 26-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
  2. „Универсидад де Коста-Рика VS. Сан-Карлос 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (9-fevral 2011-yil). 25-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
  3. „Пунтаренас VS. Эредиано 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (31-iyul 2011-yil). 26-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
  4. „Эредиано VS. Сан-Карлос 5:0“ (inglizcha). soccerway.com (18-sentabr 2011-yil). 20-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
  5. „Венадос VS. Атлетико Сан-Луис 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (14-fevral 2015-yil). 24-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
  6. „Коста-Рика (до 23) VS. Португалия (до 23) 4:2“ (inglizcha). fifa.com (18-avgust 2004-yil). 2-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
  7. „Аргентина (до 23) VS. Коста-Рика (до 23) 4:0“ (inglizcha). fifa.com (21-avgust 2004-yil). 30-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
  8. „Коста-Рика (до 23) VS. Марокко (до 23) 0:0“ (inglizcha). fifa.com (12-avgust 2004-yil). 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
  9. „Коста-Рика (до 23) VS. Ирак (до 23) 0:2“ (inglizcha). fifa.com (15-avgust 2004-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
  10. „Франция VS. Коста-Рика 3:2“ (inglizcha). soccerway.com (9-noyabr 2005-yil).
  11. „Коста-Рика VS. Никарагуа 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (21-yanvar 2013-yil). 23-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
  12. „Коста-Рика VS. Сальвадор 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (26-yanvar 2013-yil). 18-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
  13. „Коста-Рика VS. Гондурас 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (28-yanvar 2013-yil). 31-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
  14. „Коста-Рика VS. Гватемала 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (23-yanvar 2013-yil). 11-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
  15. „Гватемала VS. Коста-Рика 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (14-sentabr 2014-yil). 20-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.