Paetongtarn Shinawatra (tailandcha: แพทองธาร ชินวัตร, 21-avgust 1986-yilda tavallud topgan) – tailandlik siyosatchi va tadbirkor ayol. 2024-yilning 16-avgust sanasidan beri Tailandning 31-chi ayol Bosh vaziri. Shinawatra Pheu Thai siyosiy partiyasining yetakchisi. Taksin Shinawatraning kenja qizi (2001-yildan 2006-yilgacha bosh vazir) va Yingluk Shinawatraning jiyani (2011-yildan 2014-yilgacha bosh vazir). Paetongtarn Tailand tarixidagi bosh vazir boʻlgan eng yosh ayol. Yingluk Shinawatradan keyin ushbu lavozimni egallagan ikkinchi ayol hisoblanadi.

Paetongtarn Shinawatra
แพทองธาร ชินวัตร

Paetongtarn 2024-yilda
31-Tailand Bosh vaziri
Mansab davri
16-avgust 2024-yil
Monarx Vajiralongkorn
Oʻtmishdoshi Phumtham Wechayachai
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21-avgust 1986-yil
Bangkok (Tailand)
Bolalari 2
Taʼlim Chulalongkorn universiteti
Surrey universiteti
Imzosi

Hayoti

tahrir

Paetongtarn 1986-yil 21-avgustda Bangkokda tavallud topgan[1][2]. U oʻrta taʼlimni Saint Joseph Convent School maktabida tugatgan. Paetongtarn Chulalongkorn universitetining siyosatshunoslik fakultetida tahsil olib, 2008-yilda siyosatshunoslik boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Shundan soʻng, Paetongtarn oʻqishini Angliyada davom ettirib, Surrey universitetida xalqaro mehmonxona menejmenti boʻyicha magistrlik darajasini olgan.

Manbalar

tahrir
  1. Chen, Heather; Olarn, Kocha „A coup ousted her father. Now she's standing in Thailand's election“ (en). CNN (2023-yil 9-aprel). 2023-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-avgust.
  2. Campbell, Charlie (18 April 2023). „Her Family Was Ousted From Power in Thailand. Now She Wants to Be Asia's Youngest-Ever Female Leader“. TIME (inglizcha). 19 August 2024da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19 August 2024.