Palazzo Della Rovere

Italiya poyxati Rim shahridagi bino

Palazzo Della Rovere — Italiyaning Rim shahridagi saroy, Via della Conciliazione tomonga qaragan. Palazzo dei Penitenzieri nomi bilan ham tanilgan.

Palazzo Della Rovere
Palazzo dei Penitenzieri

Palazzo dei Penitenzieri
Umumiy maʼlumot
Meʼmoriy uslubi Renessans
Joylashuvi Rim, Italiya
Palazzo Della Rovere

Tarixi

tahrir

Saroy qurilishi 1480-yilda Rim papasi Sixtus IV della Roverening qarindoshi kardinal Domenico della Rovere tomonidan, florensiyalik meʼmor Baccio Pontelli loyihasi boʻyicha boshlangan. Palazzo 1480- va 1490-yillar orasida Piazza Scossacavalli janubida qurilgan, 1937-yilda Borgo spina bilan birgalikda vayron qilingan. Pontelli inshootni 15-asrdagi Rimning eng muhim binolaridan boʻlgan Palazzo Venezia meʼmoriy uslubiga yaqin modelda barpo qilgan. Hozirgi nomi Papa Aleksandr VII davriga aloqador boʻlib, bu yerga penitenzierilar deb nomlanuvchi Avliyo Peter Basilicasida ishlaydigan konfessorlar koʻchib kelishgan. Avvallari Columbus mehmonxonasi joylashgan ushbu bino hozirgacha Muqaddas ordenning bosh qarorgohi hisoblanadi. Shuningdek, Four Seasons mehmonxonalar tarmogʻi saroyning yangi ijarachisi hisoblanadi[1].

Manbalar

tahrir

Qoʻshimcha oʻqish uchun

tahrir

41°54′07″N 12°27′40″E / 41.90194°N 12.46111°E / 41.90194; 12.46111