Paleoendemiklar - yoʻqolib borayotgan relikt turlardan iborat. Ularga Gʻarbiy va Markaziy Xitoyda oʻsadigan metasekvoyya va ginkgo; Kaliforniya sekvoyyasi, Avstraliya va Tasmaniyadagi oʻrdakburun; Hind okeani Komor orollari yaqinida tarqalgan latimeriya kiradi. O'zbekiston florasining paleoendem turi sifatida Yovvoi anorni (Punica granatum L.) misol qilib keltirish mumkin.

Punica granatum L.

Paleoendemiklar va Neoendemiklar

tahrir
 
Kivi

Muayyan turning paleoendemik yoki neoendemik ekanligi har doim ham aniq ma'lum bo'lmaydi. Misol uchun, Yangi Zelandiya bilan cheklangan kivilar paleoendemizmning misoli sifatida keltirilgan va keyinchalik bu haqiqatdan ham noto'g'ri ekanligi isbotlangan. Kivilar - bu ratitlar (ucha ololmaydigan qushlar guruhi). Qadimgi superkontinent Gondvananing ko'p qismlari ratitlarga ega yoki juda yaqin o'tmishga qadar ega boʻlgan. Adabiyotlarda aytib o'tishlaricha, ratitlar Gondvanda uchadigan qushlar bo'lib paydo boʻlgan va keyinchalik, qit'alar boylab tarqalib ketgan. Ratitlar bir necha marotaba uchish qobiliyatini rivojlantirib yana yoqotishgan va proto-kivi Yangi Zellandiyaga kelgandan keyin o'zining uchish qobiliyatini yana rivojlantira ola olmadi. Kivilarning Yangi Zellandiyaga kelishi "Suv osti tarqalish" teoriyasi bilan tushuntirib berilgan va kivilar neoendemiklar safiga qoshilishdi.

 
Bermud orollarining paleoendemigi (Plestiodon longirostris).

Orollar paleoendem organizmlarga juda boy xududlardir. Orol - bu har qanday tomonni o'rab turgan, organizm tarqalishiga mos bo'lmagan, yashash muhitiga ega boʻlgan yashash joyidir. Biroq, orolda paleoendemik hisoblanishi uchun, tur orollarda ilgari ko'p tarqalgan bo'lishi kerak, chunki yangi hosil bo'layotgan orollarda ular uchramaydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • O'zbekiston Respublikasi Qizil Kitobi: 1 jild - 2009.
  • K. Sh. Tojibaev, N. Yu. Beshko, V. A. Popov. BOTANICAL-GEOGRAPHICAL REGIONALIZATION OF UZBEKISTAN, 2016