Palto kiygan ot haykali
Palto kiygan ot — mashhur rus maqoli qahramoniga Sochida oʻrnatilgan yodgorlik. 2007-yil iyun oyida Sochi markaziga „Kim, kim? Palto kiygan ot!“ komediya obrazidan ilhomlanib oʻrnatilgan.
Yodgorlik muallifi — Sochi haykaltaroshi Akop Xalafyandir.
Yodgorlikning tavsifi
tahrirQimmatbaho ingliz paltosini kiygan, chap tuyogʻida bir piyola sharob va tishlarida asl tamaki toʻldirilgan trubka tishlab olgan holda old oyoqlarini choʻzgan holda oʻtiradi. Ot oʻziga xos tabassum bilan jilmayadi: hayotdan lazzat olib qol!
Manzili
tahrirHaykal kompositsiyasi Rossiyaning Krasnodar oʻlkasi, Sochi shahrining Markaziy tumanidagi Teatralnaya koʻchasida joylashgan.
Tarixi
tahrirPaltodagi ot figurasi 2007-yilda Sochi haykaltaroshi A. A.Xalafyan tomonidan yasalgan. Ogʻirligi 80 kg.dan ortiq boʻlgan qora metalldan yasalgan katta diametrli suv quvurining bir qismidan yodgorlikni yasashda foydalanilgan. Haykaltarosh temirchilik oʻchogʻi, bolgʻa, kuvalda va payvandlash uskunasidan foydalangan.
Haykalni moliyalashtirishni Sochi homiylaridan biri zimmasiga olgan, xarajatlar miqdori 120 ming rublni tashkil etgan. Yodgorlikni Sochi shahri sotib olgan.
Havolalar
tahrir- M. Yu. Kruglyakova. Sochi. Chernomorskaya Rivera Rossii. — Veche, 2015. — S. 260-261. — ISBN 9785444477458.
- Yuliya Chmelenko. Kulturnaya jizn Kavkaza v preddverii Olimpiyskix igr. Nauchnoe Obщestvo Kavkazovedov, 27.01.2014.
- Tatyana Kireeva. V Sochi poyavilsya pamyatnik Konyu v palto. Komsomolskaya pravda, 25-iyunya 2007
- Skulptor iz Sochi „ojivlyaet“ metall. RIA Novosti (video, tekstovoe izlojenie na sayte informatsionnogo agentstva Sochi-2014)
- Pamyatniki konyu v palto, yoshkinu kotu i schastyu. Stavropolskaya pravda, 25-fevralya 2012 g.
- „Kto, kto? — Kon v palto!“ — Novomu godu po-kitayski posvyaщaetsya. Sochi-ekspress, 31.01.2014
- Mixail Vostrishev. Vsyo o Sochi. Istoriya i dostoprimechatelnosti. — M. „Algoritm“, 2014 — S. 179