Palvan Kalandarov

oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor

Palvan Iskandarovich Kalandarov (1955-yil, Urganch, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.

Palvan Kalandarov
Tavalludi 1955-yil
Urganch, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi

tahrir

Palvan Kalandarov 1955-yilda Urganch shahrida tugʻilgan. 1981-yil Toshkent politexnika institutini „Sovutgich va kompressor mashinalari va qurilmalari“ ixtisosligini bitirib, mexanik-muhandis malakasini olgan. 1996-yildan texnika fanlari doktori. Ish faoliyatini 1981-yilda Toshkent politexnika instituti „Sovutgich va kompressorlari va qurilmalari“ kafedrasida assistent lavozimidan boshlagan. 1981—1989-yillarda Toshkent politexnika instituti mexanika mashinasozlik fakultetini komsomol komiteti kotibi, institut talabalar uyushmasi kasaba uyushmasi raisi, partiya komiteti kotibi lavozimlarida ishlagan. 1981-1986-yillarda Toshkent politexnika instituti, keyinchalik mashinasozlik institutida „Sovutgich va kompressor mashinalari va qurilmalari“ kafedrasida assistent, katta oʻqituvchisi lavozimida faoliyat olib bordi[1]. 1992-yildan boshlab Toshkent davlat texnika universiteti „Umumtexnika fakulteti“ dekani va Toshkent davlat texnika universiteti prorektori lavozimida faoliyat olib boradi. 1992—1995-yillarda Urganch davlat universiteti injener-texnika fakultetida dekan, prorektor, „Oziq ovqat mashina va apparatlari“ kafedrasiga mudirlik qilgan[1]. 1995—1998-yillarda Xorazm viloyati hokimligi ijtimoiy masalalar guruhi rahbari, kotibiyat mudiri, 1998—2003-yillarda Xorazm viloyati oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi, 2003—2006-yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi rivojlantirish instituti prorektori, kafedra professor vazifasini bajaruvchisi, 2006—2007-yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi rivojlantirish markazi boʻlim boshligʻi, 2007—2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi „Oʻz ogʻir neft-gaz kimyo sanoat loyiha“ instituti direktor oʻrinbosari, 2011—2017-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti „Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish“ kafedrasida professor, 2017—2019-yillarda respublikadagi Energiya tejash milliy kompaniyasi direktor oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2020-yildan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida „Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish“ kafedrasida professor lavozimida ishlab kelmoqda[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

1989-yil 27-mayda „Don maxsulotlarini elektrofizik parametrlarini nazorat qilish tizimlarini aniqlik tavsiflarini yaxshilash“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1995-yil 18-martda Agrosanoat majmuasi mahsulotlarini nazorat qilish usullari va texnik vositalari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. 2005-yildan „Taʼlim texnologiyalari“ jurnalining bosh muharriri. 2003-yilda Xalqaro ekologiya va hayot xavfsizligi akademiyasiga, 2022-yilda Xalqaro agrar taʼlim akademiyasining akademigi etib saylangan. 2019-yilda Xalqaro ekologiya va hayot xavfsizligi akademiyasi tomonidan xizmat koʻrsatgan fan arbobi va „Zvezda uchenogo“ mukofotlari bilan taqdirlangan. 350 ortiq ilmiy maqolalar, 6 darslik, 3 monografiya muallifi[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet. 

Havolalar

tahrir