Pamildori usuli

Ish unumdorligini oshirish uchun vaqtni unumli sarflash usuli

Pomodoro usuli“ (italyancha: tecnica del pomodoro) - vaqtni boshqarish usuli, 1980-yillarning oxirida Franchesko Cirillo tomonidan taklif qilingan[1]. Texnika chuqur konsentratsiya(diqat) va qisqa tanaffuslar tufayli kamroq vaqt sarflagan holda ish samaradorligini oshirishni oʻz ichiga oladi. Klassik texnikada vaqt segmentlari — „pomodorolar“ yarim soat davom etadi: 25 daqiqa ish va 5 daqiqa dam olish.

Usul nomini olgan, oshxona taymer-pomidori

Asosiy tamoyillari tahrir

  1. Bajarmoqchi boʻlgan vazifalar haqida qaror qabul qiling, ustuvorlikni belgilang (buning uchun Eyzenxauer matritsasi qollash tavsiya qlinadi);
  2. Taymerni 20-25 daqiqaga oʻrnating;
  3. Taymer signaliga qadar chalgʻitmasdan ishlang;
  4. Qisqa tanaffus qiling (5 daqiqa);
  5. Har 4-pomodorodan keyin uzoq tanaffus qiling (15-30 daqiqa);

Asboblari tahrir

Usulni yaratuvchisi va boshqalar mexanik taymer, qogʻoz va qalam yordamida past texnologiyali yondashuvni ragʻbatlantiradi. Taymerning jismoniy oʻrnatilishi foydalanuvchining vazifani bajarishga boʻlgan qatʼiyatini taʼkidlaydi, belgi vaqt tugashini eslatadi va qoʻngʻiroq tanaffus haqida xabar beradi. Oqim va diqqat bu jismoniy ogohlantirishlar bilan bogʻliq[2]. Biroq, usul bilan ishlash uchun bir qator ilovalar mavjud.

Chalgʻitadigan narsalar bilan qanday kurashish kerak? tahrir

Chirillo har qanday chalgʻitishni 20-25 daqiqaga bir chetga surib qoʻyish mumkinligini taʼkidladi va taymerni toʻxtatib turmaslikni maslahat berdi. Agar kuta olmasangiz, taymerni oʻchirishingiz, kerakli narsani qilishingiz va taymerni qayta ishga tushirish orqali ishga qaytishingiz kerak.

Kechiktirishning (prokrastinatsiya) oldini olish uchun taymerni maʼlum bir vazifani tugatgandan keyin ham erta oʻchirish tavsiya etilmaydi: siz keyingi savolga yoki keyingi rejalashtirishga kirishishingiz kerak.

Manbalar tahrir

  1. Cirillo, Francesco. The Pomodoro Technique.  (Wayback Machine saytida 2012-09-16 sanasida arxivlangan)
  2. Burkeman, Oliver. Help!: how to be slightly happier, slightly more successful and get a bit more done. Edinburgh: Canongate, 2011 — 139—140 bet. ISBN 978-0-85786-025-5. 

Adabiyotlar tahrir

  • Nöteberg Sh. Pomodoro vaqtni boshqarish: Qanday qilib kamida 25 daqiqa bir narsaga diqqatni jamlash kerak. — M.: Alpina nashriyoti, 2013 yil