Pan Gi Mun (hangul: 반기문, hanja: 潘基文; 13-iyun, 1944) Birlashgan Millatlar Tashkilotining sakkizinchi va joriy bosh kotibidir. Bu mansabga Kofi Annandan soʻng, 2007-yili saylangan. Bungacha u Koreya Respublikasi Tashqi Ishlar va Savdo Vazirligida diplomat boʻlib ishlagan. Diplomatlik karyerasini universitetni bitirgan yiliyoq Hindistonda boshlagan. 2004–2006-yillarda Pan Tashqi Ishlar Vaziri boʻlgan.

Pan Gi Mun
반기문
Ban Ki-moon headshot.jpg
BMTning 8-bosh kotibi
Mansab davri
2007-yil 1-yanvardan — 2016-yil 31-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Kofi Annan
Vorisi António Guterres
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 13-iyun 1944-yil (1944-06-13) (78 yosh)
Chxonjin, Janubiy Koreya
Mukofotlari
Hurmatli legion ordeni
MCO Order of Saint-Charles - Grand Cross BAR.pngFuqarolik xizmatlari uchun ordeni (Ispaniya)1-darajali Doʻstiq ordeniOrder Ismoili Somoni Rib.pngGold.Olimpicorder1.pngRUS Order of Friendship ribbon.svgTM Med 25 years Independence rib.png

2006-yil 13-oktabrda Pan Gi Mun BMT Bosh Assambleyasida bosh kotib etib saylandi. 2007-yil yanvarida Annan mansabdan ketdi, uning oʻrnini Pan egalladi. Pan bu mansabda Darfur ziddiyatini hal qilishga harakat qildi, Umar al-Bashirni mintaqaga tinchlikparvar qoʻshinlar kirgizishga koʻndirdi; global issiqlashuv muammosini yechish ustida ishladi, bunda u AQShning sobiq prezidenti George W. Bush'ga muntazam ravishda bosim oʻtkazishga harakat qildi. Biroq Pan Gi Mun tanqid ham qilindi: BMT Ichki Nazorat Xizmati uni BMT ahamiyatining susayishida aybladi.[1]

2011-yili Pan bosh kotib martabasiga ikkinchi marotaba nomzodini qoʻydi. 2011-yil 21-iyunida u bir ovozdan bosh kotib etib qayta saylandi, u bu mansabda 2016-yil 31-dekabrigacha qoladi.[2][3]

ManbalarTahrirlash

  1. „Ahlenius End of Assignment Report“. Foreign_Policy (14-iyun 2010-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2011-yil.
  2. „General Assembly appoints Ban Ki-moon to second term as UN Secretary-General“. UN News Service (21-iyun 2011-yil). Qaraldi: 21-iyun 2011-yil.
  3. Louis Charbonneau. „U.N. assembly approves second term for U.N. chief Ban“. Reuters (21-iyun 2011-yil). 28-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-iyun 2011-yil.

HavolalarTahrirlash