Panoftalmit
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Panoftalmit – (grekcha „pan“ hammasi, „oftalmos“ koʻz) koʻzning hamma qismlarini oʻtkir yalligʻlanishi.[1]
Etiologiyasi
tahrirPanoftalmit – ogʻir yiringli infeksiyalarning koʻz olmasiga turli yoʻllar bilan kirishi (adenovirus, stafillakokk, streptokokk, pnevmokokk, koʻk yiring tayoqchasi), zamburugʻlar orqali va sepsisdan keyin paydo boʻladi[2].
Klinikasi
tahrirPanoftalmitda koz ogʻrigʻi, shish, qovoq va konyunktiva giperemiyasi, shox parda shishi bilan birga 1-3 kun ichida old kamera yiring bilan toladi. Ekzooftalm paydo boladi va bemorlarning umumiy ahvoli yomonlashib, isitmasi koʻtariladi, koʻngli ayniydi hamda qusa boshlaydi.
Davolash
tahrirUmumiy ahvolni kuchaytiradigan dorilar bilan birga, venaga va muskul ichiga keng spektrli antibiotiklar (morfotsiklin, fortum va hokazo), shishasimon tana ichiga 1-10 000 fortum 0,3ml. kiritiladi. Koʻrish tiklanmasa ham koʻz olmasini saqlab qolishga harakat qilinadi. Shundayam tuzalmasa koʻz olmasi evisteratsiya qilib olib tashlanadi.
Profilaktikasi
tahriryuqori darajali miopiyaning oldini olish, ateroskleroz va gipertoniyning rivojlanish fazalarining oldini olish, travmalardan ehtiyot boʻlish zarur[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Yuldasheva. shishasimon tana, 6, Toshkent: Cho'lpon — 54-55-bet. ISBN 978-9943-05-869-9.
- ↑ Yuldasheva. shishasimon tana, 6, Toshkent: Cho'lpon — 54-55-bet. ISBN 978-9943-05-869-9.
- ↑ Muxamadiyev. shishasimon tana kasalliklari, Toshkent, 2020 — 271-bet. ISBN 418-49908-2020.