Paraxat Mayliyevna Matyakubova (1961-yil, Urganch, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, texnika fanlari doktori, professor.

Paraxat Matyakubova
Tavalludi 1961-yil
Urganch, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Toshkent davlat texnika universiteti
Taʼlimi Toshkent elektrotexnika aloqa instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Paraxat Matyakubova 1961-yil Urganch shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan[1]. 1985-yil Toshkent elektrotexnika aloqa institutini „Avtomatik elektr aloqa“ ixtisosligi boʻyicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1983-yilda Urganch shahar Aloqa boʻlimi muhandisi lavozimida boshlagan. 1991-yildan Urganch davlat universitetida katta oʻqituvchi va dotsent, keyinchalik, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida dotsent, ilmiy kotib lavozimida mehnat qilgan. 2010-yil Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti, 2012-yildan mazkur taʼlim muassasasining professori, 2013-yildan kafedra mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Hozirgi kunda Toshkent davlat texnika universiteti „Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish“ kafedrasi mudiri[1].

Oilasi tahrir

Oilali, uch nafar farzandi bor.

Ilmiy faoliyati tahrir

2000-yil „Don mahsulotlarini elektrofizik parametrlarini nazorat qilish tizimlarini aniqlik tavsiflarini yaxshilash“ mavzusida nomzodlik dissertatsiya ishini himoya qilgan. 2009-yilda texnika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun „Don mahsulotlarini namlik-issiqlik bilan qayta ishlashda parametrlarni nazorat qilish usullari va texnik vositalari“ mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan[1]. Amerika Qoʻshma Shtatlarining „Akkreditatsiya va sertifikatlashtirish boʻyicha E36 qoʻmitasi“ faol aʼzosi sanaladi. 2019-yilda „Doʻstlik ordeni“ bilan mukofatlangan[2]. Paraxat Matyakubova Janubiy Koreya Respublikasida oʻtkazilgan „KIWIE — 2018“, „KIWIE — 2019“, „KIWIE — 2021“, „KIWIE — 2022“ larda muntazam Oʻzbekiston Respublikasi ixtirochi ayollari nomidan oʻz ixtirolari bilan ishtirok etib 4 karra oltin medal sohibi va 2021-yilda grand-pri sohibasiga aylandi. Kanada davlatining Toronto shahrida IV Xalqaro ixtirochilar innovatsion koʻrik-tanlovi — „The 4th International Invention Innovation competition in Sanada, ICAN 2019 Toronto Intenational Society of Innovation and Advanced Skills (TISIAS) ICAN 2019“ ishtirok etib, Oltin medal sovrindori boʻlib „Yil mutaxassisi“ deb tan olindi. Paraxat Matyakubova asbobsozlik, metrologiya, avtomatlashtirish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish boʻyicha 450 dan ziyod ilmiy va ilmiy uslubiy ishlarning muallifi (jumladan, 9ta monografiya, 11 ta darslik, 9 ta oʻquv qoʻllanma, 27 ta oʻquv uslubiy qoʻllanma, 10 ta patent, ilmiy jurnallarda 88 ta maqolalar va 115 ta maʼruza tezislari) hisoblanadi. Turon Fanlar Akademiyasining akademigi. 2022-yilda „Yilning eng faol olima ayoli“ nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 
  2. „8 март – Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан мукофотлаш тўғрисида“ (2019-yil 6-mart).

Andoza:OʻTOE

Havolalar tahrir