Park Cho-a (1990-yil 6-martda tugʻilgan), Choa nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi. U „AOA“ qizlar guruhining sobiq aʼzosi sifatida tanilgan.

Park Cho-a
Tavalludi 6-mart 1990-yil (1990-03-06) (34 yosh)
Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi qoʻshiqchi

Yoshligi tahrir

Choa 1990-yil 6-martda Janubiy Koreyaning Incheon shahrida tugʻilgan[1]. U universitetda tahsil olib, musiqa boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishni xohlagan, lekin uning konservativ otasi uning anʼanaviy ishga kirishini istagan, shuning uchun u Inha texnik kollejining Aviatsiya biznesini boshqarish boʻlimiga oʻqishga kirgan. U shuningdek, „IPTV“ televizorlarini sotuvchisi boʻlib ishlagan va u yerda yashirincha kumir boʻlish uchun imtihondan oʻtmoqchi boʻlgan, afsuski „SM Entertainment“ kompaniyasida 15 marta tinglovdan oʻta olmagan[2].

Choaning k-pop sevimlisiga aylanishdagi birinchi qadami qoʻshiqchi va qoʻshiq yozuvchisi Juniel bilan uchrashganida qoʻyilgan, Juniel unga „FNC“ kompaniyasining „AOA“ qizlar guruhi uchun tinglovlar olib borilayotgani haqida gapirib bergan[3][4].

Faoliyati tahrir

2012-yil 30-iyulda Choa „Mnet“ telekanalining „M Countdown“ tanlov dasturida „AOA“ aʼzosi sifatida oʻzining „Angels' Story“ nomli ilk albomidagi „Elvis“ qoʻshigʻi bilan debyut qilgan[5].

2013-yil 12-iyun kuni Choa „High School Musical“ musiqiy filmida bosh rol boʻlgan Gabriella obrazini ijro etishi eʼlon qilingan. Uning „FNC Entertainment“ kompaniaysi agentligi Choaning „Start of Something New“ duet qoʻshigʻini ijro etayotgan suratlarini eʼlon qilgan. Choa Gabriellani iloji boricha samimiy tasvirlashni xohlayotganini aytgan. Myuzikl 2-iyuldan 1-sentabrgacha Seuldagi Blue Square Samsung Card Hallda boʻlib oʻtgan[6].

2014-yil 16-martda Choa „TV Chosun“ telekanalining „Bride of the Century“ seriali uchun yakkaxon saundtrekini chiqargan[7].

Choa „MBC“ telekanalining „My Little Television“ estrada shousida yangi aktrisa sifatida namyon boʻlgan[8]. Keyinchalik u 2015-yil 19-mayda shouni tark etgan[9].

Manbalar tahrir

  1. „FNC Entertainment“. fncent.com. 23-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2019-yil.
  2. 문. „[★밤TV '라스' 입지전적 초아, 꼭 성공해야돼!“] (ko). 스타뉴스 (21-may 2015-yil). 29-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2020-yil.
  3. 이. „'어송포유' 주니엘 "AOA 초아, 내 덕에 데뷔"“ (ko). 네이트뉴스 (19-oktabr 2015-yil). 12-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2020-yil.
  4. 선. „AOA 초아 "주니엘 덕분에 데뷔했다"..이색 인연“ (ko). mosen.mt.co.kr (13-sentabr 2014-yil). 23-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2020-yil.
  5. Park HyunMin. „[Interview Part I AOA Lands on Earth on Angel Wings and Guitars“]. enewsWorld. CJ E&M (2-sentabr 2012-yil). 8-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2016-yil.
  6. „F.T. Island's Jaejin and AoA's ChoA on the set of 'High School Musical'“. allkpop. 17-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2019-yil.
  7. „ChoA lends her beautiful voice to 'Bride of the Century'“. allkpop. 17-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2019-yil.
  8. „AOA's Choa Says She Lost Many Male Viewers When She Shared Makeup Tips“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2015-yil.
  9. „AOA's Choa opts out of "My Little Television" and is replaced by EXID's Hani and more“ (19-may 2015-yil). 12-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2019-yil.